Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda “O‘zbegim” turar joy majmuasining birinchi bosqich xonadonlari topshirildi
“O‘zbegim” — bu nafaqat yangi turar joy, balki zamonaviy arxitektura, xavfsizlik va qulay infratuzilma birlashgan maskan sifatida e’tibor qozonmoqda. Majmua maktab, bolalar bog‘chalari va savdo do‘konlariga yaqin joyda joylashgan. Hudud to‘liq yopiq bo‘lib, 24 soat qo‘riqlanadi. Bolalar maydonchalari, dam olish zonalari va yashil hududlar esa oilaviy hordiq uchun qulay muhit yaratadi.
Bu loyiha Mega House kompaniyasining Buxorodagi navbatdagi yirik qurilish ishlaridan biri bo‘lib, kompaniya o‘zining ilk shartnomalari bo‘yicha mijozlarga va’da qilingan muddatdan oldin uylarni topshirishga erishdi.
“Biz qurilishni to‘xtovsiz olib boramiz”
“Mega House” kompaniyasi rahbari Farhod Qosimov loyihaning ilk bosqichi yakunlanganini quyidagicha izohladi:
“2009 yilda kompaniyaga asos solgan bo‘lsak, faoliyatimizni qurilish materiallari ishlab chiqarishdan boshlab, keyin qurilish sohasiga o‘tganmiz. Bir qancha davlat loyihalarini o‘z vaqtida, sifatli yakunlab, 2016 yildan uy-joy qurish loyihalarini boshladik.
Jamoamiz bilan “Shohsaroy”, “Zarafshon”, “Mustaqillik Avenue”, “Do‘stlar” majmuasi kabi 10 dan ziyod turar joy loyihalarini qurib topshirdik. Buning davomi sifatida “O‘zbegim” majmuasining kalitlarini ham egalariga topshiryapmiz.

Birinchi shartnomalarimiz 1,5 yil oldin tuzilgan, 2 yilda topshiramiz, deb rejalashtirgan edik, lekin 1,5 yilda yakunladik. Qurilish ishlarini to‘xtovsiz davom ettiramiz — “O‘zbegim” turar joy majmuasi 3 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichni topshirdik, 15 oktyabrdan 2-bosqichga start beramiz”, - dedi u.
Kompaniya har bir loyihasida nafaqat tashqi ko‘rinish, balki qulaylik va barqarorlikka ham katta e’tibor qaratadi. “O‘zbegim” majmuasidagi uylar travertin fasadli, energiya tejamkor tizimlar bilan jihozlangan. Quyosh panellari tufayli elektr uzilgan paytda ham liftlar va yoritish tizimi uzluksiz ishlaydi.

Birinchi bosqich kalitlari topshirilganidan so‘ng, Mega House kompaniyasi “O‘zbegim” turar joy majmuasining ikkinchi va uchinchi bosqichlari uchun ham sotuvlarni ochdi. Endilikda buxoroliklar zamonaviy, qulay joylashgan xonadonlarni yanada yengil to‘lov shartlarida xarid qilish imkoniga ega bo‘lishadi.
Murojaat uchun: +998 781138778
Reklama huquqi asosida