Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grand Pharm eng faol xodimlarni avtomobillar bilan taqdirladi

Grand Pharm kompaniyasi 31 yanvar kuni Toshkent shahridagi bosh ofisida o‘zining faol xodimlarini munosib sovg‘alar bilan taqdirladi. Shu kuni respublika bo‘ylab samarali mehnat qilgan uchta eng yaxshi filial vakillariga avtomobillar sovg‘a qilindi. Natijalarga ko‘ra, 2018 yilda sotuv hajmining ortishiga katta hissa qo‘shgan Farg‘ona, Buxoro va Xorazm viloyati filiallari eng yaxshi uchlik deb topildi.

Farg‘ona viloyati filiali rahbari Jahongir Umarov (birinchi o‘rin):
"Grand Pharm preparatlari juda ham hamyonbop va sifatli bo‘lganligi sababli xalq tomonidan yaxshi qabul qilinmoqda. Farg‘ona viloyati o‘tgan yilning yakunlariga ko‘ra sotuv hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik. Bu albatta bizni rag‘batlantirib, joriy yilda yanada ko‘proq ishlarni amalga oshirishimizga yordam beradi".
Buxoro viloyati filiali rahbari Sanjar Qurvonaliyev (ikkinchi o‘rin):
"Buxoro viloyati o‘tgan 2018 yilda samarali mehnat qilib, kompaniya umumiy sotuv hajmining 15 foizini tashkil etdi. Bu juda ham yaxshi ko‘rsatkich. Bugun bizga mashinaning kaliti topshirildi. Bu esa zimmamizga yana katta mas'uliyatni yuklaydi. Bizning asosiy rejamiz - 2019 yilda dorixonalar sonini oshirish va faoliyatimizni kengaytirishdir".
Xorazm viloyati filiali menejyeri Nurbek Sapayev (uchinchi o‘rin):
"Tinimsiz sa'y-harakatlar natijasida bugun bizning Xorazm viloyati vakillari kompaniya tomonidan avtomashina kaliti bilan taqdirlandi. Bu biz uchun yangi yilda yanada ko‘proq mehnat qilib, sifatli xizmat ko‘rsatish hamda qulay yetkazib berishni ta'minlashga yanada ko‘proq ilhom beradi. Joriy yilda biz ishchilar sonini kengaytirib, aholini kerakli dori mahsulotlari bilan o‘z vaqtida ta'minlashni reja qilganmiz".

Bundan tashqari, kompaniya qolgan faol xodimlarga rag‘batlantiruvchi sovrinlar sifatida telefon, planshetlar hamda dam olish zonalariga bepul yo‘llanmalar ham hadya etdi. Har bir hududiy filialga esa sovutgich, mikroto‘lqinli pech, televizorlar ulashildi. Bu albatta malakali xodimlarni yanada samarali mehnat qilib, joriy yilda ham yaxshi natijalarni qayd etishlarida muhim rol o‘ynaydi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng, davra suhbati tashkil etilib, unda firma rahbariyati hamda xodimlari ishtirokida 2018 yil sarhisobi muhokama qilindi. Shuningdek, 2019 yilda amalga oshiriladigan reja va takliflar o‘rganib chiqildi.
Ma'lumot o‘rnida: Grand Pharm kompaniyasi 2017 yil centyabr oyida tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston aholisi uchun sifatli dori vositalari olib kelish hamda mahalliy ishlab chiquvchilarning mahsulotlarini respublikamizning barcha chekkalarigacha yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Kompaniya endigina ish boshlagan vaqtda xodimlar soni 6 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ular 730 dan ortiq kishini tashkil etadi. Bu esa Grand Pharm o‘z faoliyati davomida qisqa muddat ichida aholi uchun katta ish o‘rinlari yaratganligini bildiradi.
Shu bilan bir qatorda kompaniya maxsus kollej va farmatsevtika oliygohi bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashga, ularni o‘qish davrida amaliyot o‘tishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga yordam berib kelmoqda.
Hozirda kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar soni 2018 yil 4-choragi sarhisobiga ko‘ra 143 ga yetdi. 2018 yilda mavjud dorixonalar soni 203 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 750 ni tashkil etadi.
Logistika boshqarmasi esa firmaning maxsus avtomashinalarida yurtimizning eng olis hududlariga xam kerakli dori vositalarini tezda yetkazib berish imkoniyatiga ega.

Firma 2019 yilda barcha viloyatlar bo‘ylab xodimlar hamda dorixonalar sonini oshirib, aholiga sifatli dori-preparatlarini hamyonbop narxlarda yetkazib berishni maqsad qilgan. Bu yilda import qilinuvchi preparatlar to‘plamini 2500 gacha ko‘paytirish rejalashtirilgan. Shuningdek, "Grand Pharm" hamda "Best Pharm" dorixonalar tarmog‘ini butun respublika bo‘ylab kengaytirish ham ish rejasida ko‘zda tutilgan.
Reklama huquqi asosida