Jahon | 10:56 / 17.01.2017
29753
3 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda AQShning eng yuqori maosh to‘lanadigan kasblari ro‘yxati e'lon qilindi

AQShda chop etiladigan US News & World Report nashri 2017 yilda AQShda eng istiqbolli hisoblanuvchi kasblar reytingini e'lon qildi. Hisobotni tuzishda mehnat bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari, ish haqi miqdori, ishdagi asabbuzarlik holatlari ehtimoli va ish hamda shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash kabilarga e'tibor qaratilgan. Ta'kidlash joizki, eng ko‘p maosh to‘lanadigan Top-20 ro‘yxatiga IT (axborot texnologiyasi) bilan bog‘liq birgina kasb kiritilgan.

US News & World Report nashri ro‘yxatining eng yuqori 11 o‘rniga tibbiyot sohasi kasblari munosib ko‘rilgan. Uning birinchi o‘rnida yillik 187 ming AQSh dollari miqdoridagi maosh bilan anesteziolog joy olgan. Bu oyiga 15 583 dollar deganidir.

Demak, tanishamiz, Amerikada 2017 yilda eng ko‘p maosh beriladigan kasblar Top-20taligi (maoshlar dollar hisobida):

1. Anesteziolog, 187 ming 
2. Jarroh, 187 ming
3. Yuz-jag‘ jarrohi, 187 ming 
4. Ginekolog, 187 ming 
5. Ortodont, 187 ming 
6. Terapevt, 187 ming 
7. Psixiatr, 187 ming 
8. Pediatr, 170 ming
9. Dantist, 153 ming 
10. Stomatolog-ortoped, 120 ming (Business Insider nashriga ko‘ra, 161 ming).
11. Hamshira-anesteziolog, 157 ming
12. Neft qazib oluvchi sanoat muhandisi, 130 ming 
13. AT-menejyeri, 132 ming
14. Marketing menejyeri, 129 ming
15. Yurist, 116 ming
16. Ortoped, 119 ming 
17. Moliyaviy menejyer, 118 ming
18. Savdo menejyeri, 114 ming
19. Amaliy biznes menejyeri, 97 ming (Business Insider bo‘yicha 119 ming).
20. Farmatsevt, 122 ming

US News & World Report nashri, shuningdek, texnologik kasblar Top-10 ligi hamda ularga beriladigan maoshlarni ham o‘quvchilari e'tiboriga havola qilgan( ming dollar hisobida):

1. Kompyuter tizimlari tahlilchisi, 86 ming
2. Ishlab chiqaruvchi, 98 ming
3. AT-menejyer, 131 ming
4. Veb sahifa yaratuvchi, 65 ming
5. Kompyuter tarmoqlari arxitektori, 100 ming
6. Ma'lumotlar bazasi administratori, 82 ming 
7. Xavfsizlik tizimi tahlilchisi, 90 ming
8. Qo‘llab-quvvatlash markazi mutaxassisi, 62 ming
9. Tizim administratori, 78 ming
10. Dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi, 80 ming 

Mavzuga oid