O‘zbekiston prezidenti AQShga bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga yetib bordi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Nyu-York shahri meri Erik Adams, AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 19 sentabr kuni O‘zbekiston rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi hamda mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon qiladi.
Yilning bosh xalqaro siyosiy tadbiri doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilari sammiti, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:36 / 14.09.2024
O‘zbekiston Global kiberxavfsizlik indeksidagi o‘rnini yaxshiladi
09:37 / 09.09.2024
BMT: Ukrainada tinch aholi o‘limi keskin oshdi
15:03 / 05.09.2024
Tashqi ishlar vaziri BMT bosh kotibi maxsus vakilini qabul qildi
14:32 / 04.09.2024