BMT Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) «2024 yilgi Global kiberxavfsizlik indeksi» (GCI) böyiça hisobotini (.pdf) e’lon qildi.
Yangi metodologiyaga köra, Özbekiston 100 ballik tizimda 89,2 ball töpladi va reytingning ikkinçi guruhiga (Tier 2) kirdi. 2020 yilda e’lon qilingan avvalgi hisobotda Özbekiston 71,11 ball töplagan edi.

GCI reytingi kiberxavfsizlikning beşta asosiy yönalişi: qonunçilik, texnik, taşkiliy jihatlar, salohiyatni rivojlantiriş va xalqaro hamkorlikni qamrab oluvçi 83 parametr asosida tuzilgan. 2024 yilgi hisobot mamlakatlarning kiberxavfsizlik sohasidagi yutuqlarini yanada aniqroq baholaş uçun yangilangan beş bosqiçli tahlildan foydalandi. Darajalarga Tier 1 (namunali), Tier 2 (ilğor), Tier 3 (örnatilayotgan), Tier 4 (rivojlanayotgan) va Tier 5 (şakllanayotgan) bosqiçlarga kiradi.
Özbekiston Xitoy, Avstriya, Kanada, Rossiya, Qozoğiston va Ozarboyjon kabi davlatlar qatorida Tier 2 – ilğor guruhiga kirdi. Baholaşda dunyoning 194 davlati iştirok etdi.
Eng yaxşi Tier 1 guruhidan Avstraliya, Yaponiya, AQŞ, Singapur, Italiya kabi davlatlar joy oldi.
Yangi metodologiya 2023 yildagi işlarni baholaydi va indeks har ikki yilda yangilanadi.








