Jahon | 21:20 / 10.07.2018
9397
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonadagi Milliy muzeyda Nursulton Nazarboyevning haykali o‘rnatildi

Ostonadagi Milliy muzeyda Nursulton Nazarboyevning haykali o‘rnatildi.

Foto Tengrinews.kz

Haykal Nazarboyevning taxtga o‘xshash kursida o‘tirgan ko‘rinishida bajarilgan.  Haykalning orqasidagi devorda lotin harflarida “Mening orzuim – Qozog‘iston “Mingyillik El” bo‘lishi. Zamon o‘tadi, odamlar o‘tadi, biroq Mustaqillik qoladi. Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Elboshi Nursulton Nazarboyev” degan yozuv joylashtirilgan.

Foto Tengrinews.kz

Haykal muzeyning 1-qavatida “Mingyillik El” triptixi (bir g‘oya bilan birlashgan uchta suratdan iborat asar) yonida joylashtirilgan.

Foto Tengrinews.kz

Milliy muzey Nazarboyevning ko‘rsatmasi bilan tashkil etilgan va 2014 yil 2 iyulda ochilgan. Markaziy Osiyodagi eng yirik muzey hisoblanadi. Muzey Ostonadagi Mustaqillik maydonida joylashgan. Bu yerda Turkiston, O‘tirar, Taraz, Qo‘yliq, Bozoq kabi qadimiy shaharlar topilmalari va boshqa eksponatlar joylashtirilgan.

Foto Tengrinews.kz

 

Mavzuga oid