Toshkentda «Tez yordam» xizmati xodimlari yana kaltaklandi
Mirobod tumanida erkak chaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovchisi kaltaklangan. Mirobod tuman IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Mirobod tumanida «Tez yordam» xodimlari kaltaklanganiga doir xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 16 oktyabr kuni soat 18:50 atrofida Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1/5-uy oldiga 30 yoshli noma’lum erkak kishida «Qon ketish (xushsiz)» sababi bilan yo‘lovchi fuqaro tomonidan tez tibbiy yordam xizmatiga chaqiruv kelib tushgan. Shundan so‘ng, shifokor M.Z. va feldsher Z.J.dan tarkib topgan 397-sonli «103» brigadasi chaqiruv manziliga sanoqli daqiqalar ichida yetib borgan.
«Tez yordam» xodimlari manzilga kelganida ko‘chada bemorligi aytilgan 22 yoshli fuqaro M.A. noadekvat holatda yon-atrofdagi kishilarga tajovuz qilayotgani ma’lum bo‘lgan. «103» ko‘chma brigadasi unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lganda, «mushtumzo‘r fuqaro shifokorlarga kuch ishlatib, TTYo avtomashinasiga ham jiddiy zarar yetkazgan.
Voqea jiddiy tus olayotganini ko‘rgan tez tibbiy yordam xodimlari darhol tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari yetib kelguniga qadar fuqaro M.A. «103» brigadasi haydovchisi I.H.ni kaltaklab, unga jarohat yetkazgan», deyiladi xabarda.
Oqibatda jiddiy tan jarohati olgan tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga boshqa brigada tomonidan olib borilgan. Tekshiruvlar natijasida u «Bosh miya yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, chap tizza sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi» tashxisi bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.
Shuningdek, ko‘chma brigada shifokori M.Z. shifoxonada ambulator tartibda mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilib, unga «Qorin sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi» tashxisi qo‘yilgan.
SSV mazkur holatni o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik ushbu vaziyatga qonun doirasida huquqiy baho berilishi uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25
-
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat | 22:08
-
Texasda 8 mln dona tanga avtomobil yo‘liga sochilib ketdi - video
Jahon | 21:57
Mavzuga oid

13:59 / 30.04.2025
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi

21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi

11:55 / 21.04.2025
Toshkentda sudya mast holatda mashina olib qochgani aytilmoqda

09:10 / 23.03.2025