Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada siam egizaklari dunyoga keldi
Suriyadagi qonli to‘qnashuvlarga guvoh bo‘lgan Duma shahrida siam egizaklari dunyoga keldi. Bu haqida VVS xabar berdi.
Nouras va Moaz ko‘krak sohasidan bir-biriga qo‘shilib ketgan. Hozirda ular tez yordam mashinasida qo‘shni Damashq shahridagi bolalar shifoxonasiga yetkazildi.
Suriyalik shifokorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga yordam so‘rab murojaat qilishdi.

Hozirda egizaklar onasi va xolasi bilan shifoxonada, ma'lum qilinishicha, ularning ahvoli yaxshi.
Damashqning shimolida joylashgan Duma og‘ir janglarni boshdan kechirgan, shu bois bu yerga gumanitar yordam yetkazib berish juda qiyin.
