Sport | 14:27 / 23.01.2017
31042
1 daqiqa o‘qiladi

Uzreport TV qoshida futbol telekanali ochiladi

UzReport telekanali qoshida yangi futbol telekanali ish boshlaydi. Bu haqda Tribuna‘ga vaziyatdan xabardor bo‘lgan manba ma'lumot bergan.

Manbaga ko‘ra, telekanal rahbariyati faoliyatni yuritishi uchun tegishli idoralardan litsenziya va ruxsatnomalarni olgan. Hozircha telekanalning qanday nomlanishi bo‘yicha aniq ma'lumotlar yo‘q. Lekin u faqat futbolga ixtisoslashgan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Uzreport telekanali Angliya va Ispaniya chempionati, shuningdek Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida tarqatish huquqini sotib olgan.

Tayyorlagan:  Azamat Murodov

Mavzuga oid