O‘zbekiston | 10:26 / 20.11.2020
9303
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning katta qismi sovuq kunlarda vaqtincha issiqlik ta'minotisiz qoldi

Toshkent shahar Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasidan o‘tgan issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga keldi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shu sababli qator manzillarda joylashgan barcha aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga vaqtincha issiqlik energiyasi yetkazib berishi to‘xtatildi. 

Issiqlik energiyasi yetkazib berish to‘xtatilgan manzillar:

  • Sebzor ko‘chasi;
  • G‘afur G‘ulom ko‘chasi;
  • O. Bobojonov ko‘chasi;
  • Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/5, 2/1 mavzelari;
  • Muxbir ko‘chasi;
  • Niyozov ko‘chasi;
  • A.Hidoyatov ko‘chasi;
  • Ts-12, Ts-15, Ts-16, Ts-17 mavzelari.

Ayni paytda issiqlik tarmog‘idagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilayotgani, manzilga zarur texnika va ishchi-mutaxassislar jalb etilgani aytiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid