O‘zbekiston | 10:27 / 18.05.2024
55884
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 20-22 may kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 mayda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21-22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 va 22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-21 mayda +8...+13 daraja, 22 mayda +10...+15 daraja, kunduzi 20 mayda +20...+25 daraja, 21-22 mayda +22...+27 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-21 mayda +8...+13 daraja, 22 mayda +10...+15 daraja, kunduzi 20 mayda +20...+25 daraja, 21-22 mayda +22...+27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20 mayda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 21 mayda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja, 22 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi 20-21 mayda +20...+25 daraja, 22 mayda +22...+27 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20 mayda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +23...+28 daraja, 21 mayda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +25...+30 daraja, 22 mayda kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +4...+9 daraja, kunduzi 20-21 mayda +9...+14 daraja, 22 mayda +11...+16 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid