O‘zbekiston | 10:02 / 02.05.2022
14386
2 daqiqa o‘qiladi

OTMga kirish uchun berilgan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlar xatlovdan o‘tkaziladi. Bu korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasida belgilangan.

Foto: Kun.uz

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda qat’iy ro‘yxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash rejalashtirilmoqda.

Bunda:

  • oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozlar berishni to‘liq raqamlashtirish hamda elektron platforma orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish;
  • o‘qishga kirishda imtiyozlar berishning shaffof tartibini belgilash ko‘zda tutilgan.

Oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylari (yotoqxona) bilan ta’minlash va talabalarni joylashtirishning elektron tizimini joriy etish ham mo‘ljallangan.

Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar balansidagi tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan o‘tkazish hamda ularni tashkilot balansidan chiqarishning ochiq va shaffof elektron mexanizmini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Mavzuga oid