Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng katta itni boqishga 12,5 ming funt sarflanadi
Foto: © L!FE
Freddi — dunyodagi eng katta it. Ikki metrli daniya kuchugi Angliyaning Esseks shahrida egasi bilan birga yashaydi. Rekordlar kitobiga kiritilgan jonivor tovuq go‘shti hamda yong‘oq moyini sevib iste'mol qiladi.
Freddi 92 kilogramm tosh bosadi hamda dunyodagi eng katta it sanaladi. U hattoki Ginnessning rekordlar kitobiga ham kiritilgan.
Jonivor orqa oyoqlariga tursa – balandligi 2,3 metrni tashkil qiladi.
Freddi egasi, sobiq model Kleyri Stoumen hamda Flyor ismli singlisi bilan birga yashaydi.
Ayol o‘z jonivorlariga juda o‘rganib qolgan – ular uning hayot mazmuniga aylangan.
"Mening farzandim yo‘q, shuning uchun itlarni xuddi o‘zimning bolalarimdek yaxshi ko‘raman. Ular menga yolg‘izlikni yengishda yordam beradi", — deydi Kleyri.
Ayol ikkita itini boqish uchun har yili taxminan 12,5 ming funt mablag‘ sarflaydi.
Mavzuga oid
18:39 / 04.04.2026
Abduqodir Husanov navbatdagi kubokka bir qadam yaqinlashdi
19:12 / 22.02.2026
Sherobodda kuchuklarning qulog‘ini yulib olgan shaxs 10 sutkaga qamaldi
22:33 / 10.08.2025
AQShda eng badbashara kuchuk egasiga 5000 dollar mukofot berildi
19:18 / 08.02.2025