Bashkent TJMdan ajoyib aksiya: ta’mirlangan bir xonali xonadonlar 233 mln so‘mdan
Bashkent turar joy majmuasining sotuv ofisi ochilgan sanadan boshlab besh kun davomida 100 foizlik to‘lovda bir, ikki yoki uch xonali xonadonlarni chegirma bilan sotib olish mumkin.
Bashkent ko‘pfunksionalli turar joy majmuasi 22 fevraldan 26 fevralgacha tayyor ta’mirdan chiqqan holda topshiriladigan xonadon uchun 100 foizlik oldindan to‘lovda 30% chegirma bilan xarid qilish imkoni taqdim etiladi. Shunda bir xonali xonadon 233 mln so‘mdan boshlanadi.
22 fevral - faqat ochilish kuni, ko‘chmas mulk xarid qilishni istaganlar bir, ikki yoki uch xonali xonadonni 10 foizlik birlamchi badal bilan muddatli to‘lov asosida xarid qilishlari mumkin. 50% miqdorida birlamchi badal to‘laganlar uchun 20% chegirma mavjud, 26 fevralgacha shartnoma tuzgan mehmonlar o‘rtasida esa ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar o‘ynaladi. Aksiya shartlari haqida maqola davomida tanishing.
Loyiha haqida
Bashkent TJM — komfort toifasidagi zamonaviy turar joy loyihasi, sershovqin megapolisdagi haqiqiy osudalik orolchasidir. Yashnobod tumanda qad rostlaydigan 16 qavatli uylar 20 gektarli keng hududni egallaydi. Hududda maktab, ikkita bolalar bog‘chasi, o‘quv markazlari, tibbiyot klinikasi va 6 gektar maydonda esa obodonlashtirilgan yashil makon barpo etiladi.
Birinchi bosqich 2026 yil birinchi choragida topshirilishi ko‘zda tutilgan. Maydoni 28 kvadrat metrdan 80 kvadrat metrgacha bo‘lgan 1 (bir), 2 (ikki) va 3 (uch) xonali ta’mirlangan hamyonbop xonadonlarning keng tanlovi sotuvga qo‘yilgan. Bashkent TJM planirovka yechimlari har bir xaridorga mos keladi. Ayniqsa ular ijaraga berish yoki keyinchalik sotish uchun “investitsiyaviy ko‘chmas mulk” sifatida foydalidir.
Ko‘pfunksiyali turar joy majmuasi ekologik tozalik va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtiradi, bu yerda barcha narsa har bir yashovchi qulayligi va xavfsizligi uchun yaratilgan. Majmua hududi kunu tun videokuzatuv ostida bo‘lgan, qo‘riqlanadigan hududdir. Yashil hududlarga va bolalar maydonchalariga ega ichki hovlilar ochiq havoda dam olish va faol vaqt o‘tkazish uchun munosib joy bo‘ladi.
TJM hududida quyidagilar joy oladi:
● spa-salon;
● do‘konlar va kafe;
● kinoteatr;
● bolalar uchun o‘yin hududlari;
● erkaklar va ayollarga alohida fitnes-klub;
● veloyo‘lakli xiyobon;
● yerosti avtoturargohi;
● avtoyuvish va avtoservis;
● tijorat hududlari.
Texnik qo‘llab-quvvatlashning professional jamoasi yashovchilarning TJM hududidagi har qanday masalalarini hal qilishga doim tayyor.
Xavfsizlik va qulaylik
Binolarni loyihalashtirishda xavfsizlikka katta e’tibor berildi. Majmua hududining o‘zida beton ishlab chiqarilishi qurilishning har bir bosqichida sifatni nazorat qilish imkonini beradi.
Majmua hududida quvvati 2500 kV bo‘lgan alohida zaxira transformator stansiyasi barpo etiladi. U yoritish, suv ta’minoti va liftlarning 8 soatgacha uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Barcha binolar yuqori darajada zilzilabardosh qilib loyihalashtirilgan va 8 ballgacha yer qimirlashiga bardoshli qilib ishlangan.
Loyiha, konstruktorlik va texnologik intizomga rioya etilishi ustidan nazoratni turkiyalik bosh muhandis, 20 yildan ziyod tajribaga ega Mehmet Aldemir amalga oshiradi. Texnik nazorat funksiyasi tegishli Rossiya diplomlariga va tarmoqda 10 yildan ortiq tajribaga ega professionallarga yuklatilgan. Loyiha barcha ruxsat beruvchi hujjatlarga, jumladan GASN, GOST, laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ega.
Qurilish jahon standartlariga asosan bormoqda. “Bashkent” TJMda eng yuqori sifatli, zamonaviy va xavfsiz materiallar qo‘llanadi. Masalan, namdan saqlovchi qoplamali ko‘p qatlamli fasad keskin iqlim sharoitlariga mo‘ljallangan va hech bir zararsiz yomg‘irlarga, -30°S gacha sovuq va +45°S dan yuqori jaziramaga bardosh beradi. “Samsung” ikki konturli eko-qozonlar har bir xonadonda qulaylik va shinamlikni ta’minlaydi va energiya samaradorligi tufayli resurslar iste’moli va isitishga xarajatlarni qisqartiradi. Shamol yuklamasi jahon standartlariga muvofiq keluvchi THERMO 7000 premium oynalari issiqlik yo‘qotishlaridan himoyalaydi, shovqindan va namdan ihotani ta’minlaydi.
Sotuvlar ofisi ochilishiga aksiya
22 fevral kuni soat 13:00 da “Bashkent” TJM sotuvlar ofisining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Kompaniya barchani tadbirga taklif etadi, bu yerda xonadonlarni xarid qilish uchun eksklyuziv shartlar va ochilish tadbiri mehmonlari uchun maxsus tayyorlangan qimmatbaho sovg‘alar kutadi.
Tadbirning barcha mehmonlari uchun maxsus narx amal qiladi – 100 foizlik oldindan to‘lashda 1 kv m uchun 8,4 mln so‘mdan boshlab!
Shuningdek:
● 22 fevraldan 26 fevralgacha 100% oldindan to‘lov qilgan xaridorlar uchun 30% chegirma;
● Ushbu muddatda birlamchi to‘lovning 50 foizini to‘lagan xaridorlar uchun 20% chegirma;
● Faqat ochilish kuni xonadon sotib olishni istaganlar uchun 10 foizlik birlamchi badal bilan muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoni taqdim etiladi;
● 5 kun – 22 fevraldan 26 fevralga qadar shartnoma tuzgan xaridorlar o‘rtasida sovg‘alar o‘ynaladi. Sovg‘a fondida Umraga yo‘llanma (5 ta ikki kishilik yo‘llanma), BYD Seagull avtomobili, 10 donadan sovitkich va kir yuvish mashinalari, maishiy texnika va boshqa sovg‘alar mavjud.
Sotuvlar ofisi ochilishi va eksklyuziv aksiyalar haqida batafsil:
Telefon: +998 78 148 55 55
Instagram: bashkent.tjm
Telegram: @bashkent_tjm
Sayt: https://bashkent.uz/
Reklama huquqi asosida