Jamiyat | 15:10 / 19.03.2019
21832
10 daqiqa o‘qiladi
Reklama

GALAXY tish pastalari qanday tayyorlanadi?

Tishlar parvarishi doimo ahamiyatga molik masala! Nega deysizmi? Oddiy mantiq bilan javob beradigan bo‘lsak, har kuni bizga beminnat xizmat ko‘rsatgan tana a'zoimizning tozaligi, mustahkamligi va parvarishi ta'minlanmasa, ularni nobud qilishimiz hech gap emas.

Shu nuqtai nazardan tishlar parvarishida qanday vositalardan foydalanishimiz muhim jihatlardan biridir. Xo‘sh, bu borada mutaxassislar fikri qanday?

 Baxtinur Xudanov Toshkent Davlat Stomatologiya instituti professor-o‘qituvchisi:

«Umuman tishlarni qanday parvarishlash kerak, bunda nimalarga e'tibor qaratish zarur? Bu kabi savollarga javob berishdan avval bir narsani aytib o‘tsam. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, xususan kariyes (tish chirishi) kasalligida tish nervi ochilib qoladi, shamollaydi, og‘ir asoratda jag‘i, yuzi shishib ketadi, ayrim hollarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga olib keladi.

Bugungi kunda, shu narsa isbotlanganki, kariyes oldini olish mumkin bo‘lgan kasallik hisoblanadi. Shunga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i to‘g‘ri parvarish qilinsa, tish og‘rig‘i va kariyesidan umuman aziyat chekmaslik mumkin», - deydi professor.

Uning aytishicha, buning uchun dastavval tish parvarishiga doir kun tartibini belgilab olish kerak bo‘ladi.

«Ko‘pchiligimiz ertalab uyqudan uyg‘onishi bilan tishini yuvadi, bu noto‘g‘ri. Tish ertalabki nonushtadan so‘ng yuvilishi kerak. Shu bilan birga, tishlarni 3-7 daqiqa mobaynida tozalash lozim. Bundan tashqari, yuvishning ham o‘z qoidasi bor. Tishlarni 4 sektorga bo‘lib olgan holda, har biriga 30 soniyadan ajratib, tish cho‘tkasini supurgisimon harakatlantirib yuviladi», - deya tavsiya beradi Baxtinur Xudanov.

Mutaxassis fikridan kelib chiqib, savdo rastalaridagi tish pastalari orasida barcha foydali jihatlarni o‘zida mujassam etgan Galaxy (geleksi) tish pastasi e'tiborimizni tortdi.  

Sog‘lom hayot kechirishimiz uchun u bilan bog‘liq amallar va qat'iy tartibni hayotimizga joriy etmog‘imiz lozim. Xususan tish parvarishida ham. Har olti oyda tish shifokoriga murojaat etmasak-da, kuniga tish pastasi bilan tishlarni bir necha marta tozalaymiz. Bugun bozorlarimizda Galaxy tish pastasi xaridorgir va o‘z mijozlariga ega bo‘lib bormoqda.

Xo‘sh, bu tish pastasi talabga javob beradimi? Uning qanday foydali xususiyatlari bor?

Dastavval Galaxy tish pastasi misolida ishlab chiqarish jarayoni haqida. 

Tish pastasining idishlari 4 qavatli maxsus materialdan shu yerning o‘zida to‘la avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Inson omili faqatgina idishlarning sifatini tekshirish bilan bog‘liq. Idishlar Xitoy va Janubiy Koreya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan uskunalarda yordamida tayyorlanadi. Texnika xavfsizligi to‘liq ta'minlanadi.

Maxsus zanglamaydigan po‘lat idishlarda tish pastasi tayyorlanadi. Unga 10dan ortiq masalliq qo‘shiladi. Tish pastasining tarkibiy masalliqlari Yevropa, Malayziya va Hindiston kabi davlatlardan olib kelinishi qatorida mahalliy xomashyolardan ham foydalaniladi.

Kompaniya direktori Sarkor Isonbayevning so‘zlariga ko‘ra, tish pastasiga qo‘shiladigan har bir xomashyo sifati qattiq nazoratda bo‘ladi, ularni ishlab chiqaruvchi zavodlarga borib, ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishib kelinadi.

«Xomashyolar maxsus sifat talablariga javob berishi kerak. Farmatsevtika kompaniyasi bo‘lganimiz uchun ham olib kelayotgan mahsulotlarimizni ishlab chiqaruvchi zavodlarni ham borib ko‘rib kelamiz. Chunki, inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq mahsulotlar ishlab chiqarishimiz, bizni shunday yo‘l tutishga majbur qiladi.

Xomashyolar sifat sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Tayyorlangan pasta sifati ham doimiy ravishda tekshirib boriladi. Undan vaqti-vaqti bilan namunalar olinib, shu yerning o‘zida tashkil etganimiz laboratoriyada 6-7 faktor bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkaziladi», - deydi Sarkor Isonbayev.

Kompaniya texnologining bildirishicha, tish pastasi tayyorlash jarayoni ham to‘liq avtomatlashtirilgan va kerakli masalliqlarni lozim o‘lchamlarda aralashtirish vakuum sharoitida amalga oshiriladi.

Shundan so‘ng, tayyor pasta qadoqlashga o‘tkaziladi. Guvoh bo‘lganimizdek, bu jarayon ham to‘la avtomatlashtirilgan. Idishlarga quyilgan pastalar presslanib mahkamlangach, shu yerda tashkil etilgan tipografiyada ishlab chiqilgan karton qutilarga joylanadi va mijozlarga yetkaziladi.

DentaFill kompaniyasi rahbarining aytishicha, bugungi kunda Galaxy tish pastalari mahalliy xaridorlardan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus va Gruziyaga ham eksport qilinmoqda. Ma'lum qilinishicha, korxonada jami 500 dan ortiq ishchi ishlaydi.

Kompaniya yoshlarni ish bilan ta'minlash hamda malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida 4 ta kollej va 2 ta oliy o‘quv yurti bilan anglashuv shartnomasini imzolagan.

2006 yilda tashkil etilgan DentaFill kompaniyasi qisqa vaqt mobaynida ishlab chiqarish hajmini bir necha barobarga oshirib, bir yilda ishlab chiqarilayotgan preparatlar sonini 500 mln donaga yetkazishga erishdi. Kompaniya yuqori malakali mutaxassislari aholini zarur dori vositalari bilan ta'minlash ustida tinimsiz izlanib, ushu orqali xalqimiz salomatligini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shmoqdalar.

Hozirda, kompaniya kuniga 150 turdan ortiq nomdagi dori vositalari hamda tibbiy anjomlarni xaridorlarga yetkazib berib, ichki va tashqi bozorni sifatli va arzon preparatlar bilan ta'minlamoqda. DentaFill kompaniyasining ilmiy salohiyati, xususan, korxona olimlaridan iborat jamoasining izlanishlari dori vositalarining yangi turlarini tayyorlash, bunda mahalliy dorivor o‘simliklardan ko‘proq foydalanish imkonini bermoqda.

Bugungi kunga kelib, korxona o‘zining tog‘li hududlarda 200 gektarlik yer maydonlarida 20 xil mahalliy dorivor o‘simliklarni yetishtirmoqda va 8 xil dorivor o‘simlikdan ekstraksiya yo‘li bilan tayyor biologik substansiya olish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, korxonaning ishlab chiqarish jarayonlardagi ayrim ekstraktlarga bo‘lgan talabini to‘la qoplaydi. Natijada ushbu substansiyalardan tabletka, suspenziya va kukunli dori vositalari ishlab chiqariladi.

Tabiiy dori vositalari ishlab chiqarish, ularni chuqur qayta ishlash, kelasi 3 yil ichida 20 xil faol biologik substansiyalar ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu nafaqat ichki bozor ehtiyojlarini ta'minlash, balki tashqi bozorga chiqish va eksport salohiyatini oshiradi.

Ta'kidlash joizki, korxonadagi barcha ishlab chiqarish quvvvatlari Yevropa va Osiyoning eng zamonaviy asbob-uskunalari va texnologiyalari bilan ta'minlangan. Xususan, zamonaviy ko‘p bosqichlii suv tozalash tizimlari tayyor mahsulotning yuqori sifatini kafolatlaydi. Korxonaga o‘rnatilgan noyob ventilyatsiya tizimlari havoni sterillash imkonini berib, ishlab chiqarish xonalaridagi havoning mutlaq musaffoligini ta'minlaydi.

Bu esa, xalqaro ishlab chiqarish standartlariga to‘la mos keladi. Demakki, nafaqat sifatli mahsulotlar, balki ekologiyaga zarar yetkazmaslik bo‘yicha talablarga ham to‘liq javob beradi. Kompaniyaning suyuq preparatlar ishlab chiqarish sexida 30dan ortiq dori vositalari ishlab chiqariladi.

Surtma dorilar sexida 25dan ortiq mahsulot turlari, shu jumladan, gormonal, zamburug‘, allergiya, virus va bakteriyalarga qarshi malhamlar ishlab chiqiladi. Korxonada qadoqlash vositalari, o‘lchov idishlari va plastmassa qopqoqlar kabilar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani sababli, mahalliylashtirish 75 foizni tashkil etadi.

Shamchali preparatlardan 12 turdagisi o‘zlashtirilgan. Tabletka ko‘rinishida 40dan ortiq dori vositasi yetkazib beriladi. Hayot uchun zaruriy bo‘lgan qonni boyituvchi infuzion dori vositalari Shvetsariya texnologiyasi yordamida polimer idishlarga quyiladi. Quruq antibiotiklar sexida 8 nomdagi preparat, shu jumladan, 3- va 4-avlod tsefelosparinlar ishlab chiqariladi. 

Ampulali, ko‘z va burun uchun mo‘ljallangan dorilar ishlab chiqarish sexlarida polimer idishchalarda Shvetsariyaning BFS kompaniyasi texnologiyasi asosida 16 turdagi tayyor mahsulot chiqariladi.

Kompaniya tarkibida, shuningdek, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan lateks qo‘lqoplar tayyorlash sexi ham faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda bu yerda yiliga 25 mln juft jarrohlik va ko‘rik qo‘lqoplari ishlab chiqariladi.  

DentaFill kompaniyasi mahsulotlari xorijiy bozorlarda ham o‘z o‘rnini topib, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Gruziya, Belarus va booshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Bu ishlab chiqarish hajmi va bozor geografiyasini yanada kengaytirishga zamin tug‘dirmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda DentaFill kompaniyasi, O‘zbekiston farmatsevtika bozoridagi yetakchilar qatorida sohaga zamonaviy texnologiyalar va xalqaro andozalarni joriy etishga hissa qo‘shib, uning yanada taraqqiy topishiga xizmat qilmoqda.

Telefonlar: +99871 200 88 83, +99893 558 19 19

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish