O‘zbekiston | 08:32 / 06.06.2024
2873
2 daqiqa o‘qiladi

BMT O‘zbekistonga yangi doimiy koordinator tayinladi

Avstriyalik xalqaro diplomat Sabine Mahl 2022-2023 yillarda BMTning O‘zbekistondagi missiyasiga rahbarlik qilgan Roli Astxana o‘rniga tayinlandi.

Foto: "Dunyo" AA / Anvar Ilyosov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahlni qabul qildi.

"BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahl xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. – "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos kelishini alohida ta’kidladik. O‘zbekiston hukumati BMT va uning tuzilmalari bilan keng ko‘lamli hamkorlik dasturiga ega. Bizning yaqin munosabatlarimiz barcha sohalarda yuqori sur’atni namoyon etmoqda". 

So‘nggi paytlarda BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 9 ta, jumladan 2024 yilning o‘tgan davrida 3 ta rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi jamoasiga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligi aytildi.

Tajribali avstriyalik xalqaro diplomat Sabine Mahl 2022-2023 yillarda BMTning O‘zbekistondagi missiyasiga rahbarlik qilgan Roli Astxana o‘rniga tayinlandi.

Mavzuga oid