Jamiyat | 09:29 / 24.12.2025
2986
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 25 dekabrdan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Sergeli va Bektemir tumanlarida tadbirlar munosabati bilan 2025 yil 25 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha ayrim yo‘l uchastkalarida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.

Toshkent shahri Sergeli tumanida 2025 yil 25 dekabr kunidan tun-u kun (24/7) faoliyat yuritadigan gastronomik turizm ko‘chasida yangi yil tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan qator ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Xususan, quyidagi uchastkalarda harakatga cheklov kiritiladi:

  • So‘g‘diyona ko‘chasi — Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
  • Jaloyir ko‘chasi — So‘g‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, Bektemir tumanida 2025 yil 25 dekabrdan boshlab Chirchiqbo‘yi ko‘chasining ma’lum qismida, “Coca-Cola Garden” bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur yo‘nalishdan harakatlanuvchi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish, harakatni oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.

Cheklov muddati: 2025 yil 25 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha.

Mavzuga oid