O‘zbekiston | 13:52 / 05.03.2021
3049
1 daqiqa o‘qiladi

«Termiz - Urganch - Termiz» yo‘nalishi bo‘yicha yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 10 martidan boshlab, «Termiz – Urganch – Termiz» aviayo‘nalishi bo‘yicha yangi reys yo‘lga qo‘yiladi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, parvozlar haftada bir marta — har chorshanba kuni «Termiz – Urganch» yo‘nalishida soat 12:50 – 14:15da, «Urganch – Termiz» yo‘nalishida esa soat 16:00 – 17:15da amalga oshiriladi. 

«Endilikda, yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar Termiz hamda Urganch shaharlararo ish va dam olish yuzasidan safarlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishadi», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid