Jahon | 09:32 / 01.07.2023
10173
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada jazirama harorat tufayli 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Meksikada iyun oyining ikkinchi yarmidagi rekord darajadagi yuqori harorat 104 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Ayrim hududlarda termometr ko‘rsatkichi Tselsiy bo‘yicha deyarli 50 darajagacha ko‘tarilgan. 

Foto: Reuters

Meksikada 100 dan ortiq kishi misli ko‘rilmagan jazirama qurboni bo‘ldi: 12 iyundan 25 iyungacha o‘ta yuqori harorat tufayli 104 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda AFP agentligi 29 iyun, payshanba oqshomida Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib. O‘limning eng keng tarqalgan sabablari - issiqlik urishi va suvsizlanish. 

Issiqlikdan asosan mamlakat shimoli va to‘qqiz million aholisi bo‘lgan poytaxt Mexiko zarar ko‘rdi. Eng ko‘p qurbonlar soni (64 kishi) shimoli-sharqdagi Nuevo-Leon shtatida, undan keyin esa AQShning Texas shtati bilan chegaradosh qo‘shni Tamaulipas shtatida qayd etilgan. 

Iyun oyining so‘nggi haftasida mamlakat shimoli-g‘arbidagi Sonora shtatida rekord darajadagi harorat qayd etildi - Tselsiy bo‘yicha 49 daraja, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Odatda yozgi harorat 30 dan 45 darajagacha o‘zgarib turadi. So‘nggi kunlarda termometr biroz pasayib ketdi, ammo 1 iyuldan boshlab mamlakatda qurg‘oqchilik xavfini keltirib chiqaradigan yangi issiqlik to‘lqini paydo bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid