Meksika harbiy-dengiz kuçlari 19 oktyabr, şanbaga ötar keçasi Tinç okeanida öz tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar jönatmasining qölga olinganini ma’lum qildi. Xabarlarga köra, uning oğirligi taxminan 8,4 tonna va qiymati 2,099 milliard Meksika pesosidan (97 million yevro) oşadi.

Meksika armiyasining ma’lum qilişiça, mamlakat ğarbiy qirğoqlari yaqinida giyohvand moddalar yukini qölga oliş böyiça operatsiya davomida 23 kişi hibsga olingan. Moddalar oltita kiçik qayiqda tarqatilgan, ulardan biri suv ostida bölgan va bu dengiz flotining işini qiyinlaştirgan. Ulardan taşqari, narkokartellar noqonuniy ravişda sotmoqçi bölgan kemalarda 8700 litrga yaqin yonilği topilgan.

Meksikada giyohvand moddalarga qarşi uruş

Meksika tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar 2007 yilda musodara qilingan. Öşanda rasmiylar 23 tonna Kolumbiya kokainini musodara etişga muvaffaq bölişdi.

AFP agentligining yozişiça, 2006 yildan buyon mamlakat hukumati armiyadan giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraşda foydalana boşlaganidan beri Meksikada 450 mingdan ortiq kişi halok bölgan. Yana ön minglab odamlar bedarak yöqolgan.