Kartoshka bojxona to‘lovlaridan ozod etildi
Prezident farmoni bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Endilikda bu ro‘yxatga kartoshka, shu jumladan muzlatilgani ham kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 16 yanvardagi Farmonga asosan tirik yirik qoramol, tirik qo‘y va echkilar, yirik qoramol go‘shti, qo‘y yoki echki go‘shti, soya loviyasi, kungaboqar urug‘i, kunjut urug‘i shakarqamish yoki lavlagi shakari va kimyoviy toza saxaroza bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilingan edi.
Mavzuga oid
12:30 / 24.09.2024
O‘zbekistonda aliment to‘lovlari oshadi
09:05 / 18.07.2024
Re:Russia loyihasi: yil davomida YaIM 1,5 foizi harbiylarga to‘lov uchun sarflangan
11:15 / 24.05.2024
To‘lov tizimlari xavfsizligini ta’minlash choralari belgilandi
08:30 / 25.04.2024