Markaziy bank boşqaruvi buyruği bilan Tölov tizimlari operatorlari va tölov xizmatlarini yetkazib beruvçilarning tölov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlaş hamda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini oliş çoralarini köriş töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Prezident qarori bilan raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molçilari huquqlarini himoya qiliş va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişni kuçaytiriş çoralari belgilangan.
Tasdiqlangan nizom quyidagilarni belgilaydi:
- tölov axborotini himoya qiliş mexanizmlari;
- tölov axborotining konfidensialligi hamda ulardagi şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qiliş;
- axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik xizmatining vazifalari;
- axborot tizimlari xodimlarining vakolatlari;
- axborot tarmoqlarini hujumlardan himoya qiliş tartibi va axborot tizimlari va resurslari monitoringi, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablarining buzilişi bilan boğliq hodisalarni aniqlaş;
- axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikning buzilişiga munosabat bildiriş çoralari;
- muhim tölov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlaş böyiça qöyiladigan talablar;
- bank va tölov tizimlarida şubhali firibgarlik operatsiyalariga qarşi çoralar köriş xizmatining vazifalari va boşqalar.











