Jamiyat | 20:29 / 19.05.2016
9744
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida "Ajiniyaz" operasi namoyish etiladi

26 may kuni soat 18.00da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrining "Ajiniyaz" operasi  (3 aktli, 7 kartinali) namoyish etiladi.

Libretto muallifi - I.Yusupov - O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri

Musiqa rahbari va dirijyor  - Aida Abdullayeva - Qoraqalpog‘iston xalq artisti

Sahnalashtiruvchi rejissyor - Najimatdin Ansatbayev - O‘zbekiston xalq artisti, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori 

Shuningdek, bosh rollar ijrochilari: 

Ajiniyaz - Daribay Xojabergenov -  Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan  artist, Aytbay Tajibayev

Pirim biy - Jyenisbek Piyazov -  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisti,
Baxtiyar Abdenov

Xanzada  - Roza Kutekeyeva,  Eliza Aytniyazova, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artistlari.