Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Haj vizasini berish shartlarini kuchaytirdi
Endi «Nusuk» platformasidan olingan sog‘lomlik to‘g‘risida tibbiy guvohnoma bo‘lgan taqdirda ziyoratchiga Haj vizasi beriladi.
Foto: Getty images
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi «Haj–2026» mavsumida o‘zgarish joriy qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj va Umra markazi.
Qayd qilinishicha, endi ziyoratchida «Nusuk» platformasidan olingan sog‘lomlik to‘g‘risida tibbiy guvohnoma bo‘lgan taqdirda unga Haj vizasi beriladi.
Ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi haj safari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va idoralarga har bir ziyoratchini sinchkovlik bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va haj safariga borish layoqatiga mos kelmaydigan kasallik bor-yo‘qligini aniqlash majburiyatini yuklagan. Bu talab ziyoratchilar xavfsizligi va salomatligini ta’minlashga qaratilgan.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan va tegishli guvohnoma olmasdan haj vizasini rasmiylashtirish imkoni yo‘q.
Bayonotda, quyidagi kasalliklarga chalingan ziyoratchilar haj safariga yuborilmasligi ma’lum qilindi:
- Dializ talab qiladigan buyrak yetishmovchiligi;
- Minimal jismoniy yuklamada ham namoyon bo‘luvchi yurak yetishmovchiligi;
- Davriy yoki doimiy ravishda kisloroddan foydalanishni talab qiluvchi o‘pkaning surunkali kasalliklari;
- Jigar yetishmovchiligi belgilari bilan kechuvchi jigar sirrozining og‘ir bosqichi;
- Og‘ir ruhiy va nevrologik buzilishlar;
- Qarilik demensiyasi kasalliklari;
- Homiladorlikning oxirgi uch oyi, shuningdek, yuqori xavfga ega bo‘lgan har qanday homiladorlik;
- Faol yuqumli kasalliklar (shu jumladan, silning ochiq shakli, gemorragik isitmalar va hokazo);
- Kimyoterapiya yoki boshqa immunitetni susaytiruvchi muolajalardan o‘tayotgan faol onkologik kasalliklar.
Saudiya Haj va Umra vazirligi mazkur talablar buzilgan yoki yolg‘on ma’lumot berilgan taqdirda chora ko‘rilishini bildirgan.
Mavzuga oid
21:16 / 18.12.2025
Saudiya Arabistoni JCh-2034 budjetini qisqartiradi
10:43 / 17.12.2025
10 oyda Saudiyaga borgan o‘zbekistonliklar soni qariyb 70 foizga oshgan
22:11 / 14.12.2025
Saudiya shahzodasi "Barselona" klubini sotib olmoqchi
07:26 / 03.12.2025