O‘zbekiston | 11:37 / 23.02.2024
26441
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekiston bo‘yicha 23-25 fevral kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati me’yordan 3-5 darajaga past bo‘lgan nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, kechalari -0...-5 daraja, ba’zi joylarda +2 darajagacha, kunduz kuni 23 fevralda +2...+7 daraja, 24-25 fevralda +0...+5 daraja atrofida bo‘ladi. Shimolda kechalari -7...-12 daraja, kunduz kunlari +0...+5 daraja bo‘ladi.

Bugun, 23 fevralda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

24-25 fevral kunlari respublikaning aksariyat hududlarida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 fevralda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Poytaxtda bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat +3...+5 daraja bo‘ladi.

Shanba kuni vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...+1 daraja, kunduzi +1...+3 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi -3...-5 daraja, kunduzi +2...+4 daraja bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi.

Mavzuga oid