Jamiyat | 10:59 / 17.12.2016
11993
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar otlar odamlardan yordam so‘ray olishlari mumkinligini aniqladilar

Foto: Google image

Norvegiyalik olimlar bir qator tadqiqotlar davomida otlarning antiqa yashirin qobiliyatlarini aniqladilar. Bu haqda "Izvestiya" nashri xabar bermoqda. 

Olimlarning fikricha, mushkul vaziyatda otlar odamni yordamga chaqira olishga qodirlar. Olimlar bunday xulosaga maxsus tajriba o‘tkazganlaridan keyin keldilar: otlarga turli yeguliklar ko‘rsatilgan va so‘ngra ular otlar yeta olmaydigan qilib chelakka yashirib qo‘yilgan. So‘ngra xonaga bir kishi kirgan va o‘zini yegulik solingan chelakdan bexabardek tutgan. Shunda ot odamdan yegulikni olib berishni so‘rab, uni turli usullar bilan chelakka niqtay boshlagan.

Olimlarning fikricha, otlar bu ko‘nikmalarni 6 ming yil avval, odamlar bilan birga yashash vaqtida egallaganlar.

 

Mavzuga oid