Jamiyat | 12:30 / 15.09.2020
8282
12 daqiqa o‘qiladi

Amerikaning MChJ «SILVERLEAFE» kompaniyasi O‘zbekistonda zamonaviy agroklaster modelini ishlab chiqmoqda

2018 yilda Amerikaning Silverleafe International kompaniyasi vakillari prezident Shavkat Mirziyoyev ma'muriyati o‘tkazayotgan islohotlarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Kompaniyaning Markaziy Osiyodagi bu mamlakatga qiziqishi uzoq tarixiy aloqalarga borib taqaladi: O‘zbekistonda paxta sanoati endi boshlangan 30-yillarda, keyinchalik 70- va 90-yillarda ham Silverleafe rahbariyatining keksa avlod vakillari mamlakat bilan uzviy munosabatlarni o‘rnatishgan edi.

Silverleafe dalalari

Bu omil O‘zbekistonda ish olib borish masalasida oilaviy kengashda tezgina bir fikrga kelishga yordam berdi – O‘zbekiston hukumatining taklifini qabul qilishga, agrar soha modernizatsiyasi jarayonida ishtirok etish, dala, chuqur qayta ishlash va xalqaro bozorga chiqish kabi muhim bosqichlarni qamrab oladigan vertikal-integratsion jarayonga o‘z investitsiyalari va tajribasi bilan ishtirok etishga qaror qilishdi.

Shu yilning o‘zidayoq loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy hamkorlar bilan birga «Silverleafe» MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Hukumat qo‘shma korxona balansiga Jizzax viloyati, Paxtakor tumanidan yer ajratib berdi.

Ilk kunlardanoq qayta tashkil topgan Amerika–O‘zbekiston qo‘shma korxonasining oldida ulkan mas'uliyat turardi – ular ham o‘zlaridagi, ham boshqalardagi O‘zbekistonning investitsion muhit bo‘yicha eski stereotip qarashlarni o‘zgartirishlari kerak edi.

Silverleafe dalasida ishlayotgan John Deere traktori

Amerika hukumati, Savdo va tijorat vazirligi, yetakchi banklar, Xalqaro mehnat tashkiloti boshchiligidagi jahon hamjamiyati, turli mamlakatlarning diplomatik korpus vakillari, BMT vakillari mamlakatda so‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni baholashda aynan shu kompaniyaning faoliyatini asosiy ko‘rsatkich sifatida tanlashdi.

Qo‘shma korxona rahbariyatining aytishicha, barcha jarayonlar korxonaning agrosohadagi hamkasblar bilan uzviy hamkorligi, hokimiyat bo‘limlari va respublika hukumatining yordami asosida kechmoqda.

Pandemiya davrida ham Jizzax dalalaridan chiqmagan qo‘shma korxona bosh direktori Den Petterson O‘zbekistonda ishlash bo‘yicha qarori bilan bog‘liq kechinmalari haqida gapirib berdi: «Xalqaro biznes bilan shug‘ullanuvchi istalgan kishi tasdiqlashi mumkin – yangi madaniy muhitga moslashish katta mashaqqatlarni, ba'zida fidoyilik va qat'iylik talab qiladi. Bu ikki tomonlama harakat bo‘lgan yo‘lga o‘xshaydi. Oldimizga maqsad qo‘yganmiz va ijobiy natijalarga erishishga harakat qilyapmiz. Barchamiz umumiy maqsad sari harakatlanayotganimizni tushunishimiz lozim. O‘n yillar davomida shakllanib kelgan mentalitet, dunyoqarash, iqtisodiy va huquqiy tizim mavjud. Bu sohalardagi o‘zgarishlarda o‘z mas'uliyatim borligini his qilaman. Bu har kunlik mehnat – munozaralar, bahslar degani, ammo biz har doim yakdillikka erishamiz. Bu vaqt va quvvat talab qiladigan jarayon. Ammo ba'zida noprofessionallik bilan bog‘liq muammolar ijobiy ruhdagi harakatimizni to‘xtatib qo‘yadi, reputatsiyaga zarba berishi va barcha mehnatimizni xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Misol: Kadastr agentligi matbuot xizmati o‘z saytida bizning qo‘shma korxonamiz balansidagi ekin maydonlari qishloq xo‘jaligi maqsadlarida emas, boshqa manfaatlar yo‘lida foydalanayotgani haqida ma'lumotni joyladi. Tekshirilmagan boshqa ma'lumotlar bilan bir qatorda, biz aerodrom qurayotganimiz haqida ham axborot joylangan. Ommaviy axborot vositalari shu zahotiyoq obunachilarning diqqatini tortish uchun «sensatsiya»ni mahkam tutib olishdi. Shu o‘rinda qayd etib o‘tmoqchimanki, bizga savol bilan murojaat qilgan har qanday shaxs kerakli ma'lumot va hujjatlar bilan tanishib chiqishi mumkin. Yuridik departamentimiz korxona amalga oshirayotgan harakatlarning qonuniyligi ustidan qat'iy nazorat yuritadi. Biz ijaraga olgan aviatexnika barcha yuridik jarayonlar muhokamasidan so‘ng olingan va u hosil yetishtirish uchun kerakli agrotexnika hisoblanadi. Bu texnikani zovur yonidagi tozalangan va tekislangan hududga joylashtirganmiz. Agentlik bilan uchrashuvimizdan keyin raddiya berilishini istardim. Ta'kidlash kerakki, Rim ham bir kunda bunyod etilgan emas. Insonlarning umumiy qadriyatlar va vazifalarni tushunishi kuch bag‘ishlaydi. Shuningdek, harakatlaring kutilgan natijani berishini istovchi, sendan minglab kilometr uzoqlikdagi oilangning qo‘llab-quvvatlashi ham muhim. Shu bois muvaffaqiyatga ishonish va qilayotgan ishingni yaxshi ko‘rish kerak», deydi u.

Silverleafe fermer xo'jaligida zovur bo’yi yerlarini tozalash jarayoni
HUMO Air agrotexnikasi tozalangan maydonda

«Silverleafe» MChJ qo‘shma korxonasi o‘z oldiga quyidagi birlamchi vazifalarni qo‘ygan:

·        Xalqaro bozor talablariga javob beruvchi g‘arb innovatsion texnologiyalarini olib kelish orqali agrobiznes va u bilan bog‘liq boshqa sohalarni modernizatsiya qilish.

·        Treninglar va kvalifikatsiyani oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar orqali modernizatsiya jarayoniga mahalliy aholi va mutaxassislarni jalb qilish.

·        Rivojlanishda hissa qo‘shish darajasini ko‘tarish. Texnik bilimlar va xalqaro menejment tamoyillarini joriy qilish orqali loyihada ishtirok etayotganlarning turmush darajasi va oylik maoshini oshirish.

·        Ichki bozorni sifatli, raqobatbardosh mahsulot bilan ta'minlashga hissa qo‘shish, shu bilan parallel ravishda ularni xalqaro bozorga, birinchi navbatda G‘arbiy Yevropa va AQSh bozoriga olib chiqish.

·        Ta'limiy va ijtimoiy dasturlarning tezkor rivojlanishiga, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga, ta'lim, tibbiyot va sport sohalarida yangi ijtimoiy loyihalarning amalga oshirilishiga hissa qo‘shish.

Silverleafe paxta dalalari

Dastlabki bosqichda «Silverleafe» MChJ qo‘shma korxonasi o‘z faoliyatini uch asosiy yo‘nalishda boshladi – qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va tekstil.

Silverleafe ikki yil ichida Missisipi universiteti va O‘zbekistonning turli ilmiy institutlari mutaxassislari ishtirokida atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslarini tejash, tuproqshunoslik, paxta urug‘larini qayta ishlash, biostimulyatorlarni joriy etish va o‘simliklarni asrash kabi sohalarda qator tadqiqotlarni olib bordi.

Yuqori sifatli mahsulot olish va qo‘l mehnatidan qoz kechish uchun Silverleafe John Deer kompaniyasining so‘nggi avlod mexanizatsion texnikalaridan foydalanadi. Hozirda qo‘shma korxona balansida bo‘lgan yerlarda ilgari mehnat qilgan o‘zbek mutaxassislari hamda Jizzax va Mingchinor posyolkasi agrar sektori ishchilari qayta tayyorlovdan o‘tkazilgan va hozirda Silverleafe bilan hamkorlikda ishlashmoqda.

Endilikda ular paxta ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini nazorat qiluvchi zamonaviy navigatsiya texnologiyalari yordamida texnikani boshqarishadi. PULSARTM yangi pulsatsion sug‘orish texnikasi suv tejovchi tizim asosida ishlaydi. Mahalliy ekspertlarning baholashicha, mazkur texnika suv resurslarini 40 foizgacha tejaydi. HUMO Air aviatsiya kompaniyasi bilan hamkorlik qo‘shma korxonaga changlanish va yerga ishlov berish jarayonlarini yanada samarali va o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini beradi. Silverleafe AQShda bir necha o‘n yillardan beri qo‘llanib kelinadigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali muvozanatlashgan ekotizimni yaratmoqda.

PULSARTM suv tejovchi sug'orish tizimi
John Deere CP690 paxta terim mashinasi

Asosiy faoliyatidan tashqari, «Silverleafe» MChJ ijtimoiy dasturlarni rivojlantirishda ham faol ishtirok etib keladi. 2018 yilda Silverleafe International kompaniyasi Tennesi shtatidagi bolalar onkologiyasi bo‘yicha yirik tadqiqot markazi St. Jude va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasidagi muzokaralar tashabbuskori bo‘ldi.

Qayd etib o‘tish lozimki, statistik ma'lumotlar yo‘qligi bois 2018 yilda ham Markaziy Osiyo davlatlari bu tadqiqot markazi bilan ehtimoliy hamkorlik ro‘yxatida eng oxirgi o‘rinlarda turardi. Ammo Den Petterson va Doktor Rodrigez-Galindo o‘rtasidagi uzoq muzokaralardan so‘ng St. Jude delegatsiyasi 2019 yil may oyida O‘zbekistonga ilk tashrifini amalga oshirdi.

Hozirda St. Jude’ning tadqiqotlarni rivojlantirish, bolalardagi onkologik kasalliklarga qarshi kurashda yordam beruvchi hududlari ro‘yxatida Markaziy Osiyo birinchi o‘rinni egallaydi. O‘tgan yilning oktabr oyida «Silverleafe» MChJ O‘zbekistondagi eng yirik xayriya tadbirlaridan biri – Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida o‘tkazilgan «Xayriya oqshomi»ning homiylaridan biri bo‘ldi. Chiptalar va tadbirdagi auksiondan tushgan barcha mablag‘lar Ezgu Amal jamg‘armasi hisobiga o‘tkazildi.

Silverleafe kompaniyasi prezidenti St. Jude tadqiqot markazi va Ezgu Amal xayriya fondi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishida muhim rol o‘ynadi. Hozirga kelib bu tanishuv mustahkam hamkorlikka aylangan va hatto pandemiya paytida ham fond xodimlari tadqiqot markazida fandrayzing bo‘yicha onlayn kurslarda o‘qimoqdalar. Shuningdek, fond rahbarlari St. Jude'dagi treninglarda qatnashish uchun Memfisga taklif etilgan bo‘lib, shu maqsadda ular mart oyida Amerika vizasini olishgan, hozirda esa chegaralar ochilishini kutishmoqda.

2020 yilda Silverleafe kompaniyasi Jizzaxning «So‘g‘diyona» ayollar futbol jamoasi bosh homiysiga aylandi. «So‘g‘diyona» – O‘zbekistonning turli hududlaridan 20 nafar yosh va jo‘shqin qizlarni jamlagan jamoa. Ularning har biri o‘ziga xos bo‘lib, birgalikda misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erisha oladigan yakdil jamoani hosil qilishadi. Silverleafe kompaniyasi o‘zining doimiy tamoyillariga asosan qizlardagi g‘ayratni rag‘batlantirish, o‘z ustida ishlash va shug‘ullanish uchun munosib sharoitlarni yaratib berishga harakat qiladi. Silverleafe kompaniyasining asosiy maqsadi – ijobiy o‘zgarishlarni yaratish, innovatsion imkoniyatlarga nisbatan qiziqish paydo qilish, yangi texnologiyalarni olib kirish va moslashtirishdir.

Innovatsion islohotlarni hamkorlikda olib borish, eski stereotiplarni yo‘qotish, bosqichma-bosqich tarzda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati rivojida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun jozibador muhitga ega mamlakat sifatidagi imijini yaratish va obro‘sini ko‘tarishni kompaniya o‘zining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilagan.

Silverleafe rasmiy sayti: www.silverleafe.uz

Reklama huquqi asosida