O‘zbekiston | 11:38 / 05.01.2023
73142
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismi shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 9-11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

9-10 yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechalari 17-22 daraja sovuqqacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqqacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

Mavzuga oid