Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyingizdan chiqmay fanlarni o‘rganmoqchimisiz? – O‘zbekistonda Khan Academy o‘z faoliyatini boshlamoqda
Foto: elearningindustry.com
Khan Academy – Harvard bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan 2006 yilda asos solingan, «Yuqori sifatli ta'limni har kimga, har joyda taqdim etish»ni o‘ziga shior qilib olgan notijoriy ta'lim tashkiloti.
Akademiya o‘zining internet-saytida matematika, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, kosmologiya, sog‘liqni saqlash va tibbiyot, iqtisodiyot, kompyuterga oid va boshqa bir qancha fanlarga doir 9 mingdan ortiq qisqa videoleksiyalarini barcha uchun bepul taqdim etadi. Bu hali hammasi emas, akademiya sayti 50 mingdan ziyod amaliy mashg‘ulotlar hamda har bir o‘quvchining imkoniyatiga qarab (personallashtirilgan) ta'lim olish imkoniyatini beradigan informatsion panelni taqdim etadi va bunda o‘quvchi o‘ziga qulay joyda – sinfxonasida yoki uyida mashg‘ulot o‘tashi mumkin.
Xayriya mablag‘lari evaziga amalga oshirib kelinayotgan bu loyiha endi O‘zbekistonda ham o‘z ishini boshlamoqda. Mazkur loyihaning o‘zbekchaga o‘girilishi ham yakka shaxslarning urinishi evaziga amalga oshdi. Eng avvalo, tadbirkor Botir Arifjanov va uning maslakdoshlari tashabbusi bilan boshlangan loyiha keyinchalik ko‘plab ko‘ngillilar, loyiha jonkuyarlari ishtiroki bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Khan Academy afzalliklari
Avvalo bu har kim – kattayu kichik uchun o‘z sharoitidan kelib chiqib ta'lim olish imkoniyatidir. Hech qanday cheklovlarsiz.Maktablarda dars jarayoni qay tarzda o‘tishi, jarayonga xos bo‘lgan kamchiliklar ko‘pchilikka ayon: dars davomida o‘qituvchi 20-30 nafar o‘quvchi bilan ishlashi bois, barcha o‘quvchilar ham fanni bir tekis o‘zlashtirishini nazorat qilishi va buni ta'minlashi amrimahol.
Dars jarayonida bolaning bir mavzuni yaxshi tushunolmay qolishi keyingi mavzuni o‘zlashtirishini qiyinlashtiradi, undan keyingisini – yanada qiyinlashtiradi. Natijada bolaning fanga qiziqishi batamom so‘nadi. Bir muddat o‘tib bola bu fan uchun o‘quvchi emas, balki sinfxonaga shunchaki tashrif buyuruvchiga aylanadi.
Buning oqibatida yuzaga keladigan salbiy natijalar haqida biz avvalgi maqolalarimizdan birida so‘z yurtigan edik.
Khan Academy platformasi bu kabi kemtiklarni to‘ldirishga safarbar etilgan – dars davomida o‘zlashtira olmaganini mazkur platformadan foydalanadigan o‘quvchi uyida yoki xohlagan boshqa joyida takrorlashi mumkin bo‘ladi.
Darslarning tasvir orqali berilishi Khan Academy platformasining yana bir ustunligi bo‘lib, bunda ta'lim samaradorligi bir necha barobar oshadi. Bu «tasvir ustunligi effekti» deb nomlanib, bir qancha tajribalarda o‘z isbotini topgan.
O‘qituvchi va ota-onalarga
Qo‘shimchasiga aytish mumkinki, Khan Academy o‘qituvchilar va ota-onalarga ham yordamga keladi. Platforma ularga bola qay darajada fanlarni o‘zlashtirayotganini kuzatish va eng muhimi bolaga qanday qilib yordam berish mumkinligini ko‘rsatadi. Murabbiy paneli bola qiyinchilikka duch kelyaptimi yoki sinfda birinchi bo‘lib oldimi – ko‘rsatib turadi, jami sinfning va har bolaning davomati haqida hisobot berib turadi. Khan Academy bu funksiyalarni tobora takomillashtirish ustida ishlab kelmoqda. Yaqin kelajakda ta'lim jarayoni mohiyatan o‘zgacha jihatlarni o‘zida mujassam etishi kutilmoqda.
Quyidagi videoda Salmon Xonning o‘zi platforma haqida gapirib beradi:
Loyihaga yordam berishni istovchilar uchun:
Visa, Paypal orqali ham pul o‘tkazishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi havolaga o‘ting: http://bit.ly/xa_gofundme
Bank orqali so‘mda pul o‘tkazish uchun:
H/r: 20212000400980475001
STIR: 207290667
Tashkilot nomi: «Bilim Onlayn» NNT
Manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-b-uy.
Qabul qiluvchi bank: «Aloqabank» ATB
MFO: 00401
STIR: 200829053
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uy
AQSh dollarida pul o‘tkazish uchun:
H/r: 20212840900980475001
Tashkilot nomi: «Bilim Onlayn» NNT
Manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-b-uy.
Qabul qiluvchi bank: «Aloqabank» ATB
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uy
SWIFT: SCLUZ22
Telegramdagi rasmiy kanal: @xanakademiyasi
(Aloqa uchun: @xanakademiyasi_admin)
E-mail: [email protected]
Bog‘lanish uchun telefon:
+998971309050
Qo‘shimcha ma'lumot olmoqchi bo‘lganlar bu yerga yozishlari mumkin.
www.facebook.com/KhanAcademyUzbek
Rahmatillo Isroilov
Shokir Sharipov
Mavzuga oid
13:44 / 22.01.2022
Darslar onlayn bo‘lsa, o‘qituvchilar uyda ishlashi mumkinmi?
17:20 / 18.10.2019
UMS va Khan Academy O‘zbek uzoq muddatli hamkorlikni boshladi
23:59 / 03.05.2019
Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta'lim olishi mumkin. Endi bu imkoniyat O‘zbekistonda ham mavjud
09:37 / 03.04.2019