O‘zbekiston | 23:01 / 05.08.2021
1179
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida “Keles yo‘li” ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

4R4 “Toshkent sh. – Keles sh. – Qozoqkensoy q.” avtomobil yo‘lining 0 dan 1 kilometrgacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi.

“Keles yo‘li” ko‘chasining Toshkent tumaniga kirish qismidan “Hasanboy ota” jome masjidigacha bo‘lgan qismi ta'mirlash ishlari olib borilayotgan sababli, mazkur ta'mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati uchun vaqtinchalik yopiladi.

Viloyat IIBB YHXB haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llar orqali harakatlanishni tavsiya etdi.

Jumladan, transport vositalarining vaqtinchalik harakati tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 “Keles sh. – Hasanboy q.” hamda sobiq M.Fozilov jamoa xo‘jaligi hududidan o‘tgan 4R-4 “Toshkent sh. – Keles sh. – Qozoqkensoy q.” avtomobil yo‘lining 3-14 kilometrlari orqali tashkil etiladi (suratda yashil rangda).

Bundan tashqari, mazkur qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlangandan so‘ng Keles shaharchasidagi temir yo‘l izi ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgichni (ko‘prik) ta'mirlash olib boriladi. Shu bois 4R4a “4R4 avtoyo‘lidan-Sariyog‘och shahriga shahobcha” avtomobil yo‘lining 0-1 kilometrlari (ko‘prik) oraliqlari yopilishi rejalashtirilgan.

Mutasaddilar yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Mavzuga oid