Jahon | 21:10 / 08.09.2017
12056
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada kuchli zilzila oqibatida mehmonxona ikkiga ajrab ketdi

Meksikadagi mehmonxonalardan biri o‘tgan yuz yil ichidagi eng kuchli zilzila oqibatida ikkiga ajrab ketdi.

Voqea Oaxaka shtatidagi Matias-Romero shahrida sodir bo‘lgan. Meksika prezidenti Enrike Penya Neto bu voqea oqibatida hech kim halok bo‘lmaganini ma'lum qilgan.

Foto: TWITTER.COM/GUGUIGUS

Oaxaka hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, mehmonxonadagi odamlar u buzilishidan oldin tashqariga qochib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Voqea joyiga vayronalar ostida odamlar qolib ketmaganini tekshirish uchun qutqaruvchilar kelishgan.

“Interfaks” axborot agentligining ma'lum qilishicha, zilzila kuchi 8,4 ballni tashkil qilgan. Meksika seysmologlari ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila Tinch okeanida, Chyapas shtati yaqinida yuz bergan. 

Foto: TWITTER.COM/GUGUIGUS

Tinch okeanida sunamidan ogohlantirish markazi sunami yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

EFE axborot agentligining ma'lum qilishicha, ushbu ogohlantirish Meksika, Gvatemala, Salvador, Kosta-Rika, Nikaragua, Panama, Gonduras va Ekvadorga taalluqli.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid