Kitoblik ota farzandlari uchun 6 500 dollar aliment to‘ladi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi ota farzandlari uchun 6 500 dollar aliment pullarini to‘lab bergan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2017 yil 6 martdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor O.I.dan undiruvchi M.U. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun daromadining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur undiruvning ijro hujjati MIB Kitob tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan.
Qayd etilishicha, qarzdor ota shu vaqtga qadar aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan. Shuningdek, O.I. farzandlari voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment pullarini to‘lash istagini bildirib, undiruvchi bilan o‘zaro kelishgan. So‘ng, jami 6 500 dollarni to‘lab bergan. Ushbu pullar tilxat asosida bolalarning onasiga topshirilgan.
Mavzuga oid
12:30 / 24.09.2024
O‘zbekistonda aliment to‘lovlari oshadi
11:45 / 12.09.2024
Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m to‘ladi
16:47 / 07.08.2024
Navoiyda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota choyxonadan topildi
16:44 / 10.07.2024