Navoiyda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota choyxonadan topildi
Ikki farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan erkak 3 oy oldin qidiruvga berilgan bo‘lgan. U Navoiy shahridagi choyxonada spirtli ichimlik ichib o‘tirganida ushlangan.

Foto: Sun’iy intellekt chizgan surat
Navoiyda farzandlari uchun aliment to‘lamasdan qochib yurgan ota choyxonadan topildi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MIBning Navbahor tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor U.O‘.dan undiruvchi M.T.ning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lgan. Ammo U.O‘. jami 18 mln so‘mdan ortiq aliment pulini o‘z vaqtida to‘lamasdan, yashirinib yurgan. Oqibatda 3 oy oldin unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qarzdor U.O‘. Navoiy shahridagi choyxonada spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganida ushlangan. Unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudga yuborilgan.
Sud qarori bilan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.
Qayd etilishicha, hozirda Navoiy viloyatida aliment to‘lamasdan qochib yurgan 63 nafar qarzdorni topish choralari ko‘rilmoqda. Ularning 24 nafari respublikaning turli hududlarida yashirinib yurgani, 39 nafari esa chet davlatga chiqib ketgani aniqlangan.
Oldinroq Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib yurgan fuqaro uy qudug‘idan topilgandi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda
Jahon | 17:01
-
Chery Uzbekistan’dan barcha Tiggo avtomobillariga 0% bo‘lib to‘lash imkoniyati - 36 oygacha
O‘zbekiston | 17:00
-
Kursk oblasti sobiq gubernatori hibsga olindi
Jahon | 16:53
-
Toshkentdagi Jaloyir ko‘chasi 3 kunga yopiladi
Jamiyat | 16:51
Mavzuga oid

18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi

14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

09:47 / 17.03.2025
Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

09:51 / 09.03.2025