Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internet-do‘konlar uchun logistika infratuzilmasini yaratishga xususiy biznes jalb etiladi
Foto: Depositphotos
2019-2020 yillarda O‘zbekistonda onlayn-do‘konlari uchun logistika infratuzilmasi yaratiladi. Bu prezidentning «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ilovada nazarda tutilgan.
Spot’ning yozishicha, 2019 yil 1 iyulgacha FedEx, DHL, UPS va boshqa kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonda mintaqaviy xablarni yaratish masalasi ishlab chiqiladi. Kutilishicha, bu elektron savdo orqali mahsulot eksporti hajmini oshirish imkonini beradi.
2019 yil 1 oktabrgacha idoralar, shu jumladan, Moliya vazirligi va «O‘zavtotrans» onlayn-do‘konlar bilan ishlovchi yetkazib berish xizmatlarini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
2020 yil 1 apreliga qadar davlat-xususiy sektor hamkorligini joriy etilishi bilan logistika infratuzilmasini yaratishni tasdiqlovchi normativ-huquqiy hujjat tayyorlanadi, uzoq mintaqalar aholisi onlayn-do‘konlardan tovarlarni tez va qulay ravishda qabul qilinishi uchun mintaqaviy logistika markazlari paydo bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yil 1 yanvarigacha elektron pullar bo‘yicha to‘lov haqidagi hujjat ishlab chiqilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:14 / 14.11.2025
O‘zbekiston tovarlari Xitoyning yirik onlayn bozori orqali sotiladi
15:15 / 04.03.2025
O‘zbekistonda 20 martdan Temu platformasidan foydalanish cheklanadi
21:30 / 27.02.2025
O‘zbekistonda Xitoyning Temu marketpleysi bloklanishi mumkin
19:00 / 13.02.2025