Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birinchi marta O‘zbekistonda Xalqaro Cambridge CEFR B1, B2 va C1 imtihonlari o‘tkaziladi

Cambridge English Assessment (butun dunyoga mashhur Kembrij universitetining bir qismi) akreditatsiyasidan o‘tgan Test Markazi – Innovative Centre (Markaz nomeri UZ050) 15-16 Mart kunlari O‘zbekistonda ilk bor Cambridge English’ning Xalqaro CEFR (B1, B2 va C1) imtihonlarini o‘tkazadi.

Qayd etish joizki, mazkur imtihonlar butun dunyo bo‘yicha Garvard, Oksford, Stanford universitetlari kabi yigirma minga yaqin tashkilotlar tomonidan tan olingan bo‘lib, O‘zbekistondagi nufuzli xalqaro universitetlar Vestminster Xalqaro universiteti, Turin Politexnika universiteti tomonidan xalqaro IELTS imtihoni bilan bir qatorda o‘qishga qabul qilish jarayonida tan olinadi.
Shuningdek, hozirgi kunda ta’lim sohasida o‘zgarishlar natijasida Davlat Test Markazi tomonidan o‘tkaziladigan B1, B2 va C1 imtihonlar qatorida O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qabul qilinishi kutilmoqda. Bu esa abituriyentlarga CEFR imtihonlarini har oyda topshirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Innovative Centre nodavlat ta’lim muassassasi nafaqat O‘zbeksitondagi, balki Markaziy Osiyodagi yetakchi va ilg‘or Ingliz tili o‘rgatish maktablaridan biri bo‘lib, ta’lim standartlari YuNESKOning AQShdagi Klublar assotsiatsiyasi tomonidan tan olingan Markaziy Osiyodagi yagona ta’lim muassassasidir.
Bu degani mazkur dargohda ta’lim olgan tinglovchilarga beriladigan sertifikatlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining 180 dan ortiq tashkilotlari tomonidan ingliz tilidan bilim darajasini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.

Innovative Centre bu xalqaro darajadagi ekspertlar soni bo‘yicha ham mintaqada yetakchilardan biri hisoblanadi. Natan Richard Jons (Avstraliya), CELTA programmasi o‘qituvchisi – Tanya Puleze (Italiya), Flipped Learning mutaxassisi Mark Kelleher (AQSh) doimiy ravishda treninglar, vebinar va konsultativ darslar o‘tkazib turishadi.

O‘z oldiga O‘zbekistondagi yoshlarga sifatli ta’lim berish tizimini yo‘lga qo‘yishgni maqsad qilgan Innovative Centre o‘qituvchilarga bepul metodik tavsiyalar va qo‘llanmalar beradi hamda Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda eng kam ta’minlangan hamda iqtidorli talabalar bilan ko‘rik tanlovlar tashkil etadi.

Shu bilan birga, Innovative Centre Britaniya Kengashi bilan birgalikda Samarqand shahrida birinchi marta IELTS imtihonini tashkil etgan va hozirda Samarqand shahrida tahsil olayotgan o‘qituvchilar har oy IELTS imtihonini markazga kelib bepul ro‘yxat va konsultatsiyadan o‘tib topshirishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Sayt: www.innovativecentre.org
Feysbuk: fb.com/innovativeielscentre
Instagram: instagram.com/innovativecentre
Youtube-kanal: youtube.com/channel/UCinyCRbpL9njpF3JP0oWwDQ
Telefonlar: +99895 509 01 06, +99899 590 01 06
Manzil: Samarqand shahri, Ko‘ksaroy Maydoni, 1-uy
Reklama huquqi asosida