Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda
Respublikada dam olish kunlari janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga biroz soviydi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shanba kuni harorat +13…+15, yakshanba kuni esa +19 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz
26–27 oktyabr, dam olish kunlari O‘zbekistonga janubi-g‘arbdan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» matbuot xizmati xabar berdi.
25 oktyabr, juma kunining ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoliy hududlar bo‘yicha kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Havo harorati kunduzi 25 oktyabrda +18…+23, 26 oktyabrda +13…+15, 27 oktyabrda esa +17…+19 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
Poytaxtda 26 oktyabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Ruslar bir tomon, rus bo‘lmaganlar - boshqa tomonga». Moskvadagi fitnes-klubda chaqiruv yoshidagilar qurshab olindi
Jahon | 16:21
-
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsoli ochildi
O‘zbekiston | 16:17
-
Pokistonda O‘zbekiston sanoat mahsulotlarini saqlash ombori tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 16:16
-
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi
O‘zbekiston | 16:13
Mavzuga oid

13:18 / 30.03.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

17:50 / 29.03.2025
Ramazon hayiti kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berildi

14:44 / 28.03.2025
Hafta oxirida havo ilishi kutilmoqda

16:26 / 27.03.2025