Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada zilzila oqibatida kamida 40 kishi jabrlandi
23 yanvar kuni soat 9:00 holatiga ko‘ra, Olmaotadagi zilzila oqibatida 44 kishi jabrlangan, ular shahardagi shifoxonalarga yetkazilgan. Bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Foto: Tengrinews.kz / Alixan Sariyev
«Turli jarohatlar bilan ular shahar kasalxonalariga yetkazilgan, ulardan 34 nafari yoshi kattalar, 3 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 31 nafari ambulator davolanishga yuborilgan», — deya aniqlik kiritdi sog‘liqni saqlash vazirligi Qozog‘iston hukumati yig‘ilishida.
Shuningdek, 10 nafar bolaga tibbiy yordam ko‘rsatildi: ulardan 5 nafari kasalxonaga yotqizildi, 5 nafari ambulator davolanishga yuborildi.
Ko‘pchilik yengil va o‘rtacha darajadagi jarohatlar olgan - qo‘l va oyoqlar shikastlanishi, pay cho‘zilishi, oyoqlarning lat yeyishi.
«Uch kishi turar joy binosining ikkinchi va uchinchi qavatidan sakrashi oqibatida jabrlangan. Tekshiruvdan so‘ng ikki jabrlanuvchi ambulator davolanishga yuborildi. Uchinchi bemorning ahvoli og‘ir deb baholanib, kasalxonaga yotqizildi», — deyiladi xabarda.
Besh kishi uydan qochib chiqib ketayotganda jarohatlangan. Barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgach, ular ambulator davolanishga jo‘natildi.
23 yanvarga o‘tar kechasi va ertalabki soatlarda Olmaotada zilzila bilan bir qatorda bir necha aftershoklar ham qayd etildi. Ko‘pchilik o‘z uylaridan evakuatsiya qilingan va ko‘chada yoki mashinada bo‘lgan. Guvohlarning xabarlariga ko‘ra, ayrim hududlarda yo‘llarda tirbandliklar paydo bo‘lgan.
Shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli zilzila seysmik stansiyalar tarmog‘i tomonidan 2024 yil 23 yanvar kuni soat 00:09 da qayd etilgan. «Zilzila episentri Olmaota shahridan 264 km janubi-sharqda, Qirg‘iziston hududida, 65 km chuqurlikda joylashgan. Energiya klassi - 15.1. Magnitudasi – 6,7», — deyiladi xabarda.
AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Qirg‘iziston va Xitoy chegarasida, Shinjon viloyatining Aykol shahridan 129 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning magnitudasi yetti ballga teng bo‘lgan.
Tunda sodir bo‘lgan zilzila Olmaota va Chimkentdan tashqari Ostona, Olmaota, Jyetisu, Sharqiy Qozog‘iston, Jambil va Qarag‘anda viloyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda ham sezilgan.
Mavzuga oid
15:18 / 01.12.2025
Olmaotada og‘ir ahvolga tushib qolgan bir guruh fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
10:09 / 23.10.2025
Olmaotadagi 5 bola konsullik ko‘magi bilan O‘zbekistonga olib kelindi
19:54 / 18.09.2025
Olmaota yashash qimmatligi bo‘yicha Markaziy Osiyoning barcha shaharlarini ortda qoldirdi
09:00 / 10.09.2025