Qozog‘iston Pfizer vaksinasini sotib oladi
Respublika hukumati yaqin vaqt ichida Pfizer kompaniyasi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanishga ruxsat bermoqchi.
Qozog‘iston Pfizer kompaniyasi bilan koronavirusga qarshi vaksina sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Marat Shoranov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika hukumati yaqin vaqt ichida kompaniya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanishga ruxsat bermoqchi. Vaksina yetkazilishi muddati kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq.
Shoranovning qayd etishicha, AQSh vaksinasini tashish va saqlash talablari qat'iy bo‘lib, bundan tashqari, uning narxi Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinanikidan ikki baravarga qimmat. Sotib olinadigan vaksina miqdori ma'lum qilinmayapti.
Avvalroq Qozog‘istonda Rossiya bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushishi haqida xabar berilgandi.
O‘tgan haftada Qozog‘istonda ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi mahalliy QazCovid-in vaksinasi bilan emlash boshlandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.10.2024
Rossiya Qozog‘istondan bug‘doy, pomidor va qovun olib kirishni chekladi
20:54 / 18.10.2024
Qozog‘istonda xizmat mashinasida nonga chiqqan hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi
21:02 / 17.10.2024
Rossiyani harbiy jihatdan yengib bo‘lmaydi - To‘qayev
19:09 / 17.10.2024