O‘zbekiston | 01:01 / 16.09.2019
24236
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Qo‘qonda 5 kun davom etgan Xalqaro hunarmandchilik festivali yakuniga yetdi

Besh kun davomida Qo‘qonda o‘zgacha fayz, shukuh hukm surdi. Xalqaro hunarmandchilik festivalining markazi bo‘lgan Xudoyorxon O‘rdasi atrofidagi 17 gektar maydonda tashkil etilgan ko‘rgazmalardagi san'at asarlaridan ming-minglab kishilar bahramand bo‘ldilar.

Jahonning turli burchaklaridan tashrif buyurgan xalq amaliy san'ati ustalari, hunarmandlar festival haqida, “Bir umr yodda qoladigan go‘zal anjumanda bo‘ldik”, deya ta'rif bergani bejiz emas. Bu ta'rif ularning ijodiy mehnatlarini tushunadigan, e'zozlaydigan xalqqa bergan bahosi bo‘lsa ne ajab.

Festivalda 83 ta davlatdan hunarmandchilikning 29 ta yo‘nalishi bo‘yicha 191 nafar xorijlik hunarmandlar qatnashdi. Respublikamizning har bir viloyatidan tashrif buyurgan o‘z hunarini ardoqlab kelayotgan ustalarning san'at asarlaridagi o‘ziga xos chizgilar, ranglardan bahramand bo‘ldik.

Taqdirlash marosimida 8 ta nominatsiya bo‘yicha 24 nafar g‘olib aniqlanib mukofotlar egasi bo‘ldilar.

KUN.UZ muxbiri,  Elmurod Ermatov

Mavzuga oid