Jamoatning 11 nafar a’zosi Qöqon şahri hamda Özbekiston tumanida yaşovçi, 1980-2000 yillar oraliğida tuğilgan fuqarolar bölib, ular orasida farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvçi mas’uliyati çeklangan jamiyatda menejer, gaz quyiş şoxobçasida boş mexanik bölib işlagan, şuningdek, xususiy tadbirkorlik, oşpazlik, ustaçilik, kirakaşlik bilan şuğullangan şaxslar bor.

2021-2023 yillar davomida noqonuniy guruh a’zolari Qöqon şahrida joylaşgan çoyxonalarda “şanbalik oşlar” niqobi ostida yiğinlar taşkil etib, unda Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy, Yaxyo Turkistoniy va boşqalarning jihod hamda şahidlikka, islom davlati qurişga çorlovçi, diniy ekstremizm va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan ma’ruzalarini eşitişlari natijasida dinga mutaassiblarça berilib, ekstremistik ğoyalarni qöllab-quvvatlab kelişgan.

Şuningdek, mamlakatda amalda bölgan davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda özgartirişga va “Halifalik” davlati qurişga qaratilgan ğoyalarni özaro muhokama qilişgan. Jamoat a’zolarining ayrimlari Suriyaga hijrat qiliş masalasini ham muhokama qilişgan.

Bundan taşqari, ulardan 2 nafari özaro til biriktirib, hozirda Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik taşkiloti faoliyatida iştirok etib kelayotgan qöqonlik Jasur ismli şaxsga moddiy yordam beriş maqsadida 2023 yilning iyul va avgust oylarida jami 3000 AQŞ dollari miqdorida pul mablaği yuborişgan. 

Jamoat a’zolari öz saflarini kengaytiriş uçun yiğinlarga boşqa fuqarolarni ham jalb qilib, ularning ongiga ekstremistik ğoyalarni singdirişgan.

“Telegram” messenjerida taşkil etilgan guruhda özaro ma’lumotlar almaşinib, navbatdagi yiğin vaqti va joyi e’lon qilib borilgan.

Şuningdek, ular har 15 kun, 1 oy içida nima işlarni amalga oşirganliklari böyiça guruh yetakçisiga hisobot berişgan. 

Jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudining hukmiga köra, mazkur noqonuniy guruh a’zolari tegişliligi böyiça Jinoyat kodeksining 155-3-,  159-,  244-1-  va  244-2-moddalari bilan aybli deb topilib, ularga nisbatan 6 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.