O‘zbekiston | 19:11 / 29.08.2017
5052
2 daqiqa o‘qiladi

IUT va TKTI mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tajriba almashadi

Foto: Inha

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) bilim va tajribalarini almashish orqali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Shuhrat Mutalov o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolashdi.

Memorandumni imzolash marosimi Toshkent shahridagi Inha universitetining binosida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki oliy o‘quv yurtining xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Memorandum doirasida oliy o‘quv yurtlari o‘zaro ilmiy izlanishlar hamda akademik ma'lumotlar, materiallar va maqolalar bilan almashishadi.

Tomonlar, shuningdek, ikkita o‘quv yurtlari tomonidan tashkil etiladigan turli seminar va ilmiy kengashlarda ishtirok etishadi.

Marosim doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti ma'muriyati xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetining akademik jarayoni bilan tanishishdi. Shuningdek, IUT professorlari hamda talabalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mavzuga oid