O‘zbekiston | 09:00 / 10.12.2025
1773
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

TENET Stellar Residence’ning uchinchi bosqichi sotuvga qo‘yilganini e’lon qiladi

TENET butik-developeri Stellar Residence’ning uchinchi bosqich sotuvini boshlaydi. Yangi bosqich uch yo‘nalishni qamrab oladi: turar joy blokidagi xonadonlar, LUNA 24 biznes markazi ofislari va avtoturargoh joylari.

Foto: TENET

Xonadonlarning yangi to‘plami

Uchinchi navbatda 52 m² dan 174 m² gacha bo‘lgan 64 ta premium-klass xonadon mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari 40 m² dan 177 m² gacha bo‘lgan terassalar bilan taqdim etilgan. Blok shaharning eng nufuzli va muhim ko‘chalaridan biri — Sodiq Alimov ko‘chasi bo‘ylab joylashgan.

Apartamentlar yuqori darajadagi ijro, xususiylik va puxta o‘ylangan xizmatni o‘z ichiga olgan: uch qavatli yer osti avtoturargohi, rezidentlar uchun fitnes-rum, yopiq qo‘riqlanadigan hudud va besh yulduzli mehmonxonalar andazalaridan ilhom olgan zamonaviy premium yashash muhitini yaratadi.

LUNA 24 biznes markazi

LUNA 24 biznes markazi 40 dan 162 m² gacha bo‘lgan, birlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lgan jami 91 ta ofis xonasini o‘z ichiga oladi.

LUNA 24 shaharning eng funksional biznes klasterlaridan birida joylashgan. Piyoda masofada diplomatik muassasalar, banklar, restoranlar va kundalik infrastruktura xizmatlari mavjud. Faoliyatning bunday yuqori darajada to‘planishi biznes uchun qulay muhit yaratadi hamda kompaniyalar, xodimlar va mijozlar uchun ofislar qiymatini oshiradi.

Avtomobil to‘xtash joylari

Uchinchi bosqich bilan bir vaqtda avtomobil to‘xtash joylari ham sotuvga chiqarilmoqda. Stellar Residence’ning uch qavatli yer ostki avtoturargohida har bir avtomobil to‘xtash joyiga zaryad stansiyalarini o‘rnatish imkonini beradigan zarur kommunikatsiyalar joylashtiriladi.

Avtoturargoh maydonining puxta rejalashtirilishi majmuaning umumiy premium darajasini namoyon qiladi hamda rezidentlar va ofis egalari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Gianfranco Ferré Home Stellar Residence’da

Stellar Residence’ning barcha lobbilari uchun interer dizayn loyihasi va ularning to‘liq jihozlanishi dunyodagi premium brend — Gianfranco Ferré Home tomonidan amalga oshiriladi. Brend studiyasi mualliflik konsepsiyasini ishlab chiqadi va uni to‘liq hayotga tatbiq etadi, o‘ziga xos estetika ruhida yagona va uyg‘un qiyofani yaratadi. Bu yechim majmuaning me’moriy g‘oyasini ochib beradi va TENET falsafasiga mos, ifodali birinchi taassurotni shakllantiradi.

Sotib olish shartlari

Xaridorlar uchun 30 foizdan boshlanadigan dastlabki to‘lov bilan 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud — bu premium ko‘chmas mulkni yashash maydoni yoki uzoq muddatli sarmoya sifatida ko‘rayotganlar uchun qulay yechimdir.

Batafsil ma’lumot uchun:

Shourum: Shahrisabz tor ko‘chasi, 2

Sayt | Instagram | Telegram | Youtube

Telefon: (55) 550 00 00

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid