Jahon | 17:57 / 09.03.2023
14574
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda bahorgi ta’til 20 martdan boshlanadi

III chorakning so‘nggi o‘qish kuni 18 mart (shanba) bo‘ladi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bahorgi ta’til 21 mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Prezidentning «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida» 2022 yil 23 dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023 yil 20 mart kuni – qo‘shimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi ta’til 20 mart sanasidan boshlanadi hamda 26 martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 18 mart (shanba) III chorakning so‘nggi o‘qish kuni bo‘lib, IV chorak 27 mart sanasidan boshlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid