Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gipsdan dekorlar yasash - dekretda antistress va daromad manbayim
Gulibonu Muhammadaminova hikoyasi
Gulibonu Muhammadaminova – 24 yoshda. Asl mutaxasisligi rus tili filologi. Dekretda uyda o‘tirgani uchun Gulibonu o‘z kichik biznesini yuritadi – har hil dekorlar yasab, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali sotadi.

Bu g‘oya menda farzand ko‘rganimdan keyin tug‘ilgan va tug‘uruqdan keyingi depressiyadan chiqishga yordam bergan. O‘sha paytlari nima bilandir o‘zimni band qilishim kerak edi va men o‘z qo‘llarim bilan chiroyli narsalar yasashni tanladim. Bunga asosiy motivatsiya bo‘lgan inson - qo‘shnim Shahnoza opa bo‘ladilar. Singillari gipsdan dekorlar yasash, aroma shamlar bo‘yicha o‘z brendlariga asos solgan, menga ham o‘rgatgandi. Bu ishni qilishimdan asosiy maqsad – o‘zim uchun antistress va bundan daromad qilishga ham chiqqanman. Kimdir dekorlarimni sotib olganda, ularga yoqishini aytishsa kimgadir kayfiyat bera olganim uchun judayam xursand bo‘lib ketaman.
Hozir dekret ta’tilidaman. Farzand ko‘rishimdan avval uyda frilancer bo‘lib ishladim, tuqqanimdan keyin boladan ortgan bo‘sh vaqtimda nima qilishni bilmasdim. Keyin shu hobbi yuzaga kelgan. Hozir hamma dekorlarimni bolam uxlaganda, kechasi charchoqdan chiqish uchun yasayman. Ko‘pincha o‘zimga yoqqan dizaynlarni yasayman lekin mijozlar taklif qilgan dizaynlarni ham yasab berish qo‘limdan keladi.
“Turmush o‘rtog‘im ishimga befarq emas”
| Dekorlar yasash unchalik qiyin emas, lekin turmush o‘rtog‘im ham ishlaridan chalg‘ish uchun ba’zida laklashga yordam beradi, qiziqishlarimga befarq emas. Materiallarni oladigan do‘konlar bor, agar kamyob qoliplar bo‘lsa Xitoydan buyurtma qilaman. Shamlar uchun vosklar o‘zimizda ham topiladi. Men hali biznes yuritish bo‘yicha qiyinchilikka duch kelmadim. Balki bu ishimga hobbi sifatida qaraganim uchundir. |
Hozir instagramda va “Uzum” marketpleysida sotuvni yo‘lga qo‘yganman. Instagramda taxminan 20 ta odamga sotilgan. “Uzum”da esa har kuni savdo bor. Shuning uchun onlayn do‘konlardagi sotuvni kengaytirmoqchiman. Doimiy daromadim bor – oyiga 3-4 mln so‘mgacha. Daromadga chiqish uchun harakat qilish kerak, deb o‘ylayman. O‘zimda onlayn do‘konlar bo‘yicha tajriba bo‘lganligi uchun bu tarmoqlarda savdo qilish qiyinchilik tug‘dirmagan. Gips yasashda qiyinchilik yo‘q, lekin sham yasashdagi qiyinchiliklardan biri – yonadigan ipini uzun shamlar uchun tekis qilib qo‘ya olish. Avval juda qiynalardim, hozir hammasi yaxshi.
Atrofimdagi ayollar - eng katta motivatorlar
Dastlabki mijozim dugonam bo‘lgan. Biznesimni qo‘llash maqsadida ishxonasidagi hammaga sotib olishni tavsiya qilgandi. Mijozlardan iliq fikrlar olganim uchun yana ishlashda davom etganman. Ularning yordamlarini unutmayman, hattoki men uchun “girls club”lar ochib master klass o‘tishimga yordam bergan.
Yonimdagi ayollar va har bitta mijozning “otzivi” men uchun katta motivatsiya. Meni eng ko‘p turmush o‘rtog‘im, qo‘shnim va dugonalarim qo‘llab-quvvatlashdi. Ular meni nimagaki qo‘l ursam, eplay olishimga va chiroy yarata olishimga ishontirishdi. Eng katta minnatdorchiligim aslida ularga. O‘zi bu biznesimni 300 000 so‘m pul bilan boshlagandim. Hozir daromadim ancha katta.
Yonimdagi ayollar va har bitta mijozning “otzivi” men uchun katta motivatsiya. Meni eng ko‘p turmush o‘rtog‘im, qo‘shnim va dugonalarim qo‘llab-quvvatlashdi. Ular meni nimagaki qo‘l ursam, eplay olishimga va chiroy yarata olishimga ishontirishdi. Eng katta minnatdorchiligim aslida ularga. O‘zi bu biznesimni 300 000 so‘m pul bilan boshlagandim. Hozir daromadim ancha katta.
Hozirda organik mahsulotlardan sovunlar va vanna uchun bombochkalar yasashni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Ayni paytda shu bo‘yicha kursda o‘qiyapman. Bu tovarlarim uchun “Korzinka”dan lavka sotib olish rejam ham bor. Albatta, o‘z brendimga asos solish niyatim bor. Home decor magazinlarini ochish maqsadim bor, kelgusi 2 yilda. Har bir ayol kishi o‘z qo‘li bilan nimadir yaratsa, u qilgan ishdan kimdir xursand bo‘lsa, bu katta motivatsiya bo‘ladi. O‘zining o‘zligini yo‘qotmaslik uchun inson doim harakat qilish kerak. Suv ham bir joyda tursa, balchiq bo‘ladi. Dekretdagi onalarga maslahatim – doim harakatdagi, ularga motivatsiya bera oladigan insonlar bilan ko‘proq suhbat quring. Ular yordamida hammasini uddalay olasiz.
Madina Ochilova tayyorladi