O‘zbekiston | 17:00 / 21.10.2025
2284
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda butun dunyodagi o‘zbek tilida so‘zlashuvchi tadbirkorlarni birlashtiruvchi “Birinchi” biznes-klubi ochildi

“Birinchi”ning imtiyozli rezidentlari 14 ta mamlakatdagi tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilish imkoniyatini beruvchi mobil ilovadan foydalana oladilar.

18 oktyabrda Toshkentda “Birinchi Business Club” – o‘zbekzabon tadbirkorlar uchun yangi hamjamiyatning ochilishi marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistondagi yetakchi brendlarning vakillari jam bo‘ldilar.

“Akfa” va “Artel” asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev, “Korzinka” kuzatuv kengashining a’zosi Alisher Hoshimov, “Office Market”, “Dekos” va “Mfaktor” hammuassisi Hasan Mamasaidov, “Oqsaroy Group” biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Jamil Maqsudiy, “B.A. Holding” moliyaviy direktori Gulinur Abdullayeva faxriy mehmonlar bo‘lishdi. Ochilish marosimida, shuningdek, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining raisi Davron Vahobov ham qatnashdi.

“Birinchi” – bu, avvalo, yangi g‘oyalar va ilhom manbaidir. Bu – turli sohalardagi faol va tajribali tadbirkorlar bilan tanishish, ulardan yangi bilimlarni o‘rganish imkoniyati.

“Men doim yangi yechimlar izlayman, o‘sish va tajriba almashishga ochiqman. Klubda o‘zaro ishonch, hurmat va ishga qiziqish muhiti hukmron. Shu jihatdan, ‘Birinchi’ men uchun takomillashuv, qo‘shma loyihalar, fikr almashish va manfaatli muloqot maydonchasiga aylanishiga ishonaman”, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi “Asaxiy” hamasoschisi, “Birinchi Business Club” rezidenti Farhod Allayev.

“Birinchi” klubiga Arsen Dlyanchev tashabbusi bilan asos solindi. Uning o‘zbekzabon biznes-hamjamiyat yaratish g‘oyasini “Yard Business Club” rezidentlari qo‘llab-quvvatladilar va loyiha hamasoschilari bo‘ldilar. Klub ambassadori esa Laziz Adhamov bo‘ldi.

Asoschilarning so‘zlariga ko‘ra, “Birinchi” – bu shunchaki biznes-klub emas, balki uchta amaliy hamjamiyat jamlangan ekotizimning bir qismidir:

Yard Business Club — o‘rta va yirik biznes uchun;

Boost Business Club — top-menejerlar va boshlovchi tadbirkorlar uchun;

Birinchi Business Club — o‘zbek tilida so‘zlashuvchi tadbirkorlar uchun.

Ushbu ekotizimga yana Xalqaro biznes-klublar Alyansi ham kiradi, u 14 ta mamlakatni qamrab oladi va 3000 dan ziyod tadbirkorlar hamda investorlarni birlashtiradi.

“Birinchi”, avvalo, oqilona muhitni taqdim etadi. Bu – sizning qadriyatlaringiz, manfaatlaringiz va intilishingizga xayrixoh bo‘lgan tadbirkorlar hamjamiyatidir. Klubda ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi, ular manfaatli aloqalar o‘rnatish va o‘sish nuqtasini topish imkonini beradi. Bu – rivojlanishda va biznesni kengaytirishda yordam beruvchi muhitdir”, – dedi “B&B” qahvaxonalar tarmog‘ining egasi, “Birinchi Business Club” rezidenti Jahongir Umarov.

Yaqin uch yilda “Birinchi Business Club” jamoasi O‘zbekistonning yirik shaharlarida bo‘limlar ochishni, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab o‘zbek tilida so‘zlashuvchi tadbirkorlarning aloqalarini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

“Birinchi Business Club”ga qo‘shilish shartlari to‘g‘risidagi axborotni 781228989 telefon raqami yoki @Birinchi_Business_Club Telegram-boti orqali olish mumkin.

 Aloqa uchun: Sayt | Instagram | Telegram

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid