O‘zbekiston | 15:27 / 10.11.2025
1813
2 daqiqa o‘qiladi

ToshDTUda umumiy tibbiyot fakulteti ochiladi, oilaviy shifokorlik kuchaytiriladi

Salkam bir asrdan beri shifokor tayyorlab kelayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida prezident tibbiy ta’lim islohotlarini davom ettirishni, oilaviy shifokorlik institutini rivojlantirishni ta’kidladi. Keyingi o‘quv yilidan pediatriya va davolash yo‘nalishlarini qamraydigan umumiy tibbiyot fakulteti ochiladi, oilaviy shifokorlik bo‘yicha rezidentura va magistratura yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilish Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘tdi — bu maskan qariyb yuz yildirki, yurt tibbiyot kadrlarini tayyorlab keladi. Prezidentning ta’kidlashicha, tibbiyotga yuqori texnologiyali uskunalar kiritilayotgani, yangi klinikalar barpo etilayotgani sharoitida ularda kim ishlashi masalasi hal qiluvchi ahamiyatga ega, bu infratuzilmani Yangi O‘zbekistonning iqtidorli o‘g‘il-qizlari to‘ldirishi lozim.

Shu maqsadda tibbiy ta’limda quyidagi yo‘nalishlar amalga oshiriladi:

  • keyingi o‘quv yilidan pediatriya va davolashni qamrab oladigan umumiy tibbiyot fakulteti ochiladi;
  • oilaviy shifokorlik bo‘yicha rezidentura va magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yiladi;
  • rezidentura talabaci bepul o‘qish bilan birga oilaviy shifokor sifatida ishlab maosh oladi;
  • bitiruvchi esa oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha diplomi va 150 foizli ustamaga ega bo‘ladi.

Prezident ta’kidlashicha, oila a’zolarining barcha yosh toifasiga sifatli xizmat ko‘rsata oladigan kuchli oilaviy shifokorlar tarmog‘ini shakllantirish — soha oldidagi ustuvor vazifa.

Mavzuga oid