NDPI va Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Nukus davlat pedagogika instituti rektori Bayrambay O‘temuratov Sankt-Peterburg shahridagi Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetiga borib, universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Yuliya Komarova bilan uchrashdi. Bu haqda NDPI matbuot kotibi xabar berdi.
Uchrashuvda bakalavriatning defektologiya va psixologiya ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha «2+2», shu bilan birga, magistraturada o‘zga tilli guruhlarda rus tili mutaxassisligi bo‘yicha «1+1» tizimi asosida qo‘shma ta'lim tizimini tashkil etish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, ikki OTM o‘rtasida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash yo‘nalishida amalga oshiriladigan ishlar, rossiyalik professor-o‘qituvchilarning institut talabalariga dars o‘tishi uchun kelish masalasi belgilab olingan.
Muloqot yakunida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Ma'lumot uchun, NDPI shu kungacha xorijiy davlatlardagi 39 ta OTM bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin NDPIda talabalarga imtihon savoli keltirilmasdan faqat javob variantlari keltirilganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirilgandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47 / 02.05.2025
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25 / 02.05.2025