07:21 / 26.04.2024
2797

Maxtumquli ko‘chasida Lacetti va Spark ishtirokida YTH yuz berdi

Yashnobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 25 aprel kuni soat 21:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1966 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina va 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l- transport hodisasi qayd etildi.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top