16 may kuni soat 10 dan 15:30 gaça Samarqand va Toşkent şaharlarini boğlovçi M-39 avtomobil yölining 978-kilometri, Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida YTH sodir böldi.
Mavjud ma’lumotlarga köra, HOWO A7CNG rusumli yuk avtomaşinasining 1995 yilda tuğilgan haydovçisi tormoz tizimidagi texnik nosozlik tufayli transport vositasini öz vaqtida töxtata olmay, harakatlanayotgan NURLI TÖLQIN SERVIS kompaniyasining Howo yuk maşinasi bilan töqnaşib ketgan. Kuçli zarba oqibatida birinçi yuk maşinasi yöl qismiga ağdarilgan.
Şu vaqtda SANY SYZ3220S 8Y rusumli yuk avtomobili çap bölakda harakatlanib ketayotgan bölgan. U tösiqqa reaksiya bildirişga ulgurmay, ağdarilib ketgan yuk maşinasi saloniga borib urilgan va qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan.
Yöl-transport hodisasida heç kim jabrlanmagan. Hozirda Jizzax viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari hodisa sabablarini örganmoqda.










