Samarqand şahrida sodir bölgan yöl-transport hodisasida “Nexia-2” maşinasi ikkiga bölinib ketdi.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 18 may kuni soat 23:00 larda sodir bölgan.
Samarqand şahar “Xöjadonyor” MFY hududidan ötuvçi I.Karimov köçasida, 1991 yilda tuğilgan haydovçi “Nexia-2” maşinasida ketayotib, rul boşqaruvini yöqotgan.
Söng yölning öng tomon çetki qismida joylaşgan temir ustunga öng yon tomon orqa eşigi bilan urilgan. YTH oqibatida yölovçilar jarohatlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Samarqand şahar IIO FMB tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.








